Toshkent Botanika bog‘ida olmaxonlar shu qadar ko‘paydiki, endi fotosuratchilar ham — xuddi “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf kabi — ularni bemalol fotohikoya qahramonlariga aylantiryapti. Qizig‘i, olmaxonlar O‘zbekistonga xos tur emas, ularning ko‘payishi esa “yashash sharoitlarining yaxshilanishi” bilan bog‘liq.
Piskent tumanidagi 7-sonli davlat bog‘chasida kobra ilonlari bilan tomosha ko‘rsatildi. Sud tomosha uyushtirgan ikki shaxsga jarima jazosi qo‘lladi. Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari o‘rinbosari ularning dasturi bilan to‘liq tanishib chiqmagani uchun ishdan olindi.
Zomin tumanida kulvor ilonini tiriklay yegan fuqaro 7,5 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi. Qolaversa, u tabiatga 1 mln 125 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgani hisoblandi.
Farg‘ona shahridagi xonadonda Kaliforniya forsi iloni boqilayotgani aniqlangan. Fuqaroga bu qonunga zid ekani tushuntirilgandan so‘ng ilon Farg‘ona hayvonot bog‘iga o‘tkazilgan.
Toshkent viloyati IIBB Yangiyo‘lda 30 ta kobra ilon ochiqlikka chiqib ketganini rad etdi. Aslida ularning 4 tasi qochib ketgan va qisqa vaqt ichida barchasi tutilgan.
Yangiyo‘l tumanining Tuyabo‘g‘iz qishlog‘ida fuqaro uyida noqonuniy saqlanuvchi 30 dan ortiq kobra ilon qochib ketdi (Ekologiya boshqarmasiga ko‘ra, qo‘yib yuborilgan). Hozirda ishchi guruh xonadonlarda dorilash ishlarini olib bormoqda, fuqarolarga uy hayvonlarini vaqtincha tutqunlikda saqlab turish tavsiya qilindi.
Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida xalqaro Qizil kitobga kiritilgan yo‘lbarssimon albinos bo‘g‘ma ilonini mamlakatga olib kirishga urinish fosh etildi. Uzunligi 3 metr bo‘lgan ilon Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
Toshkentdagi 348-sonli maktab (sobiq Toshkent viloyatiga qarashli, kollektor yonida joylashgan) binosida 6-sinf o‘quvchisini suv iloni tishlab oldi. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazilgan, shundan so‘ng u o‘qishga qaytgan.
Tarmoqlarda yosh bolaning hovlida ilon ushlab, uni o‘ynab yurgani va bu harakatni amalga oshirishga uning otasi undayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati hokimligi holat Ohangaronda sodir bo‘lganini va bolaning otasiga tushuntirish xati yozdirilganini ma’lum qildi.
Poytaxt aeroportining bojxonasi Misrdan uchib kelgan ayoldan Nil timsohi, iguana va piton bolalarini olib qo‘ydi. Noto‘g‘ri tashilgani sabab jonivorlarning ahvoli qoniqarsiz. Ushbu sudralib yuruvchilarning umumiy bahosi taxminan 77 mln so‘m ekani aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting