Janubiy Koreya parlamenti bosh vazir, shu bilan birga, prezident vazifasini bajaruvchi Xan Dok Suga impichment e’lon qildi. Bu Su hukumati prezident Yol va uning rafiqasi tergoviga oid qonun loyihasini ko‘rib chiqish hamda konstitutsiyaviy sud tarkibiga sudyalarni tayinlashdan bosh tortganidan so‘ng sodir bo‘ldi.
Janubiy Koreya parlamentida harbiy holat joriy etishga uringan prezident Yun Sok Yolga nisbatan impichment e’lon qilishda yetarlicha ovoz to‘plandi. Uning lavozimidan chetlatilishi uchun 204 deputat ovoz berdi.
Janubiy Koreya parlamenti prezidentga impichment e’lon qilish uchun ovoz berishda yetarlicha ovozni to‘play olmadi: hukmron partiyaning 108 deputatidan 105 nafari majlislar zalidan chiqib ketib, ovoz berishdan bosh tortdi. Muxolifat prezidentni javobgarlikka tortishga urinishlarini to‘xtatmasligini bildirdi.
Gruziya Konstitutsiyaviy sudi prezident Salome Zurabishvili hukumat roziligisiz xorijga chiqib, mamlakat konstitutsiyasini buzganini tan oldi va unga impichment jarayonini boshlashga ruxsat berdi. Sud qarori parlament tomonidan tasdiqlanishi kerak, biroq hukmron partiya yetarli ovozga ega bo‘lmasligi mumkin.
AQSH Senati impichment bo‘yicha majlisda sobiq prezident Donald Trampni oqladi. Impichment uchun 67 ta ovoz to‘plash kerak bo‘lgan jarayonda 57 nafar senator ovoz berdi.
AQSH Senati Amerika hukumatiga qarshi isyon qo‘zg‘atishda ayblanayotgan sobiq prezident Donald Trampning impichment jarayoni konstitutsiyasiga muvofiqligini tan oldi.
AQSH Vakillar palatasi AQSH hukumatiga qarshi «isyon qo‘zg‘atgani» uchun Donald Trampga impichment e’lon qildi. U AQSHning ikki marta impichment e’lon qilingan birinchi prezidentiga aylandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting