«import» tegli maqolalar


Xavfli mahsulotlar va kimyoviy moddalar importi ustidan nazorat kuchaytiriladi
14 yanvar 2025, 11:08

Xavfli mahsulotlar va kimyoviy moddalar importi ustidan nazorat kuchaytiriladi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston hududida xavfli mahsulotlar va kimyoviy moddalar muomalasi bilan bog‘liq nazorat yanada kuchaytirilishi belgilanmoqda. Hujjat bilan respublikaga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar va chiqindilar ro‘yxati tasdiqlandi.

O‘zbekistonga 60 ga yaqin tovar importi uchun nol boj stavkalari qo‘llanishi 2026-yilgacha uzaytirildi
30 dekabr 2024, 10:09

O‘zbekistonga 60 ga yaqin tovar importi uchun nol boj stavkalari qo‘llanishi 2026-yilgacha uzaytirildi

O‘zbekistonda 59 turdagi oziq-ovqat va boshqa tovarlar, jumladan, go‘sht, sut mahsulotlari, sabzavot va mevalarga import bojining nol stavkasi qo‘llanishi 2026-yil 1-yanvargacha uzaytirildi. Qaror ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.

Oktabr oyida O‘zbekiston 833 mln dollarlik oltin eksport qildi
21 noyabr 2024, 15:56

Oktabr oyida O‘zbekiston 833 mln dollarlik oltin eksport qildi

O‘zbekiston oktabr oyida 833,4 million dollarlik oltin sotdi. Yil boshidan buyon qimmatbaho metall eksporti hajmi $6,6 mlrddan oshdi. 10 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $54,36 milliardni tashkil etdi.

O‘zbekiston yana $806 mln lik oltin eksport qildi, tekstil eksporti qisqarib, meva-sabzavotniki o‘smoqda
22 oktabr 2024, 20:28

O‘zbekiston yana $806 mln lik oltin eksport qildi, tekstil eksporti qisqarib, meva-sabzavotniki o‘smoqda

Sentabrda O‘zbekiston 806,1 mln dollarlik oltin eksport qildi. To‘qimachilik eksporti pasayishda davom etmoqda, meva va sabzavotlar yetkazib berish esa keskin oshdi. Mamlakatga gaz va neft mahsulotlarini katta hajmda import qilish ham davom etmoqda. Turizm iqtisodiyotga 2,4 mlrd dollar hissa qo‘shdi.

O‘zbekiston so‘nggi uch oyda ilk bor salkam 800 mln dollarlik oltin eksport qildi
4 oktabr 2024, 20:01

O‘zbekiston so‘nggi uch oyda ilk bor salkam 800 mln dollarlik oltin eksport qildi

Avgust oyida O‘zbekiston 792,6 mln dollarlik oltin eksport qildi. Bu qimmatbaho metallning may oyidan beri birinchi sotuvi hisoblanadi. To‘qimachilik mahsulotlari eksporti pasaydi, meva-sabzavot yetkazib berish esa o‘smoqda. Mamlakat katta hajmdagi gaz va neft mahsulotlari importini ham davom ettirmoqda.

O‘zbekistonning Xitoy bilan savdo aylanmasi sekinlasha boshladi, Rossiya bilan esa tezlashdi
26 avgust 2024, 17:24

O‘zbekistonning Xitoy bilan savdo aylanmasi sekinlasha boshladi, Rossiya bilan esa tezlashdi

Yanvar-iyul oylarida savdo hajmi pasaygan bo‘lsa ham, Xitoy O‘zbekistonning tashqi savdodagi asosiy hamkori bo‘lib qolmoqda. Rossiya bilan savdo tezlashdi. Qozog‘iston va boshqa qo‘shni davlatlar, Turkiya, Koreya va Germaniya bilan tovar ayirboshlash kamaymoqda. Oltin savdosi pasayishi eksport hajmini kamaytirdi.

“Ertangi kunimiz — teng raqobat muhiti”. Prezident — JSTga a’zo bo‘lish zarurati haqida
20 avgust 2024, 15:51

“Ertangi kunimiz — teng raqobat muhiti”. Prezident — JSTga a’zo bo‘lish zarurati haqida

O‘zbekistonning JSTga kirishi — chuqur o‘ylangan va uzoqni ko‘zlagan tanlov, qolaversa, islohotlarning ajralmas bir qismi, dedi prezident. “Iqtisodiyotimizga oldinlari proteksiya qaysidir ma’noda kerak edi. Yana shu yo‘lda davom etsak, imkoniyatlarimiz cheklanib qoladi”, — dedi u ishbilarmonlar bilan uchrashuvda.

SSP rahbari elektromobillar importiga boj joriy etilishini “100 foiz” qo‘llab-quvvatladi. Iqtisodchilar bunga qarshi
2 avgust 2024, 18:14

SSP rahbari elektromobillar importiga boj joriy etilishini “100 foiz” qo‘llab-quvvatladi. Iqtisodchilar bunga qarshi

Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov elektromobillar importiga boj joriy etish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Uning aytishicha, avtomobil sanoatini qo‘llab-quvvatlash malakali kadrlar shakllanishini ta’minlaydi. Iqtisodchilar esa boshqa mamlakatlar yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaslikka chaqirdi.

O‘zbekiston tashqi savdosining o‘sishi sekinlasha boshladi, gaz importi 4,2 barobar oshdi
28 iyun 2024, 20:46

O‘zbekiston tashqi savdosining o‘sishi sekinlasha boshladi, gaz importi 4,2 barobar oshdi

Yanvar-may oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 26,73 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2023-yil shu davriga nisbatan 3 foizga ko‘p. So‘nggi oylar dinamikasi o‘sish sekinlashganini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, gaz importi keskin — 643,2 mln dollarga oshdi, oltin eksporti esa deyarli 4,2 mlrd dollarga yetdi.

So‘nggi 5 yilda rublning O‘zbekiston eksport va importidagi ulushi sezilarli oshdi
29 may 2024, 17:51

So‘nggi 5 yilda rublning O‘zbekiston eksport va importidagi ulushi sezilarli oshdi

Oxirgi 5 yilda Rossiya rublining O‘zbekiston eksportdagi ulushi 0,8 foizdan 5,3 foizgacha, importdagi ulushi esa 4,2 foizdan 7,6 foizgacha oshdi. 2023-yilda eksportning 79,5 foizi dollarda, 9,9 foizi yevroda amalga oshirilgan. So‘mdagi eksport va import ulushi mos ravishda 0,2 va 0,3 foizni tashkil etdi.

O‘zbekistonga neft mahsulotlari, gaz, ko‘mir va elektr importi keskin oshdi
24 may 2024, 16:43

O‘zbekistonga neft mahsulotlari, gaz, ko‘mir va elektr importi keskin oshdi

O‘zbekistonda import ketma-ket ikkinchi oy pasayib, 2023-yil iyul oyidan beri minimum darajaga tushdi. Shunga qaramay, yanvar-aprel oralig‘ida neft mahsulotlari, gaz, ko‘mir, elektr energiyasi, sabzavot va mevalar, shuningdek, avtomobillar importi oshdi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi O‘zbekistonga avtomobillar olib kirishni cheklash rejasiga izoh berdi
3 aprel 2024, 18:08

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi O‘zbekistonga avtomobillar olib kirishni cheklash rejasiga izoh berdi

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi O‘zbekistonga avtomobillar olib kirishni cheklash rejasiga izoh berdi. Agentlikning tushuntirishicha, “butun dunyoda shu narsa bor, faqat O‘zbekistonda ishlamayotgandi”. O‘zgarishlarni 1-apreldan joriy etish reja qilingandi, lekin ayni paytda hujjat loyiha holatida.

O‘zbekiston 2023-yilda nimalar bilan savdo qildi?
22 yanvar 2024, 17:18

O‘zbekiston 2023-yilda nimalar bilan savdo qildi?

O‘zbekistonning tovar aylanmasi 2023-yilda 23,8 foizga oshib, 62,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Savdo taqchilligi rekord daraja — 13,7 mlrd dollarga yetdi. Eksportning uchdan bir qismini rekord darajada sotilgan oltin tashkil etdi. Oziq-ovqat, neft va gaz importi keskin oshdi.

Bojxona qo‘mitasi imtiyoz bilan import qilingan tovarlarni korxonabay o‘rganadi
16 yanvar 2024, 12:53

Bojxona qo‘mitasi imtiyoz bilan import qilingan tovarlarni korxonabay o‘rganadi

Prezident Bojxona qo‘mitasiga imtiyoz bilan import qilingan tovarlarni korxonabay o‘rganib chiqish topshirig‘ini berdi. 2023-yilda import qilingan 20 mlrd dollarlik tovarlarga salkam 60 trln so‘mlik imtiyoz berilib, ularning 3,2 trln so‘mi o‘rganilganda 13 foizi maqsadsiz qo‘llangani aniqlandi.

Prezident ayrim tovarlar uchun bojxona bojining nol stavkalari muddatini uzaytirdi
29 dekabr 2023, 09:44

Prezident ayrim tovarlar uchun bojxona bojining nol stavkalari muddatini uzaytirdi

Prezident farmoni bilan bir qator oziq-ovqat mahsulotlariga import bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi. Qarordan ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash maqsad qilingan.

O‘zbekiston oltin eksportini rekord daraja — 8,1 mlrd dollarga yetkazdi
21 dekabr 2023, 18:00

O‘zbekiston oltin eksportini rekord daraja — 8,1 mlrd dollarga yetkazdi

2023-yilning 11 oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 57,3 mlrd dollarga (+26,2 foiz) yetdi. Import eksportdan qariyb 11 mlrd dollarga oshdi. Oltin eksporti 2,3 baravar ko‘payib, rekord daraja — 8,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Samolyotlar, avtomobillar, neft va boshqa resurslar importi yuqoriladi.

Yilning dastlabki 7 oyida elektromobillar importi qariyb 6 barobarga oshdi
28 avgust 2023, 15:17

Yilning dastlabki 7 oyida elektromobillar importi qariyb 6 barobarga oshdi

Statistika agentligi yanvar-iyul oylarida elektromobillar importi qariyb 6 barobarga oshganini ma’lum qildi. Mamlakatga bunday transport vositalari eng ko‘p Xitoy va Gonkongdan olib kelinyapti.

O‘zbekistonning AQShga eksporti 3 baravarga ko‘paydi, Turkiyaga esa kamaydi
22 iyun 2023, 12:04

O‘zbekistonning AQShga eksporti 3 baravarga ko‘paydi, Turkiyaga esa kamaydi

2023-yilning dastlabki 5 oyida AQSh O‘zbekistonning asosiy eksport hamkorlari orasida 22-o‘rindan 12-o‘ringa ko‘tarildi. Mamlakatning Qo‘shma Shtatlarga eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 baravar (301,6 foizga) yuqoriladi, import deyarli o‘zgarishsiz qoldi. Turkiyaga eksport kamaydi.

Qozog‘istondan O‘zbekistonga go‘sht eksporti 2022-yilda 134 baravarga oshdi
14 iyun 2023, 10:52

Qozog‘istondan O‘zbekistonga go‘sht eksporti 2022-yilda 134 baravarga oshdi

Qozog‘iston 2022-yilda O‘zbekistonga go‘sht eksportini 134 baravarga oshirdi. Mamlakatning yil davomidagi go‘sht eksporti 28,7 ming tonnani tashkil etgan va bu so‘nggi 10 yildagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

O‘zbekiston qazib olishning qisqarishi fonida gaz importini keskin oshirdi
22 aprel 2023, 15:52

O‘zbekiston qazib olishning qisqarishi fonida gaz importini keskin oshirdi

Mart oyida O‘zbekiston 151,2 mln dollarlik gaz import qildi, bu 2022-yil davomida qilingan importning yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Mahalliy gaz ishlab chiqarishning qisqarishi fonida ko‘rsatkich keskin ko‘tarildi. Ko‘mir, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish ham oshdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting