Toshkent shahrida uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi tushib bormoqda. 2025-yil yanvar oyida bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning fevral oyidagi 32,4 foizdan 7,6 foizgacha tushdi. Ba’zi hududlarda salbiy daromadlilik qayd etildi, bu esa bankka omonat qo‘yishni yanada foydaliroq qilmoqda, deya ta’kidladi MHTI.
MHTI sharhiga ko‘ra, yanvar oyida foydalanilgan avtomobillar va elektromobillar narxi pasayishda davom etdi. Mashhur budjetli modellar ham, eng qimmat avtomobillar ham arzonladi. Kam kilometrli Equinox va Malibu narxlari oshdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting