2019-yildan beri Indoneziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ishlab kelgan Sunario Kartadinata 74 yoshida Toshkentda vafot etdi. U bir vaqtning o‘zida Qirg‘izistondagi elchi ham edi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi yarim finalida Indoneziyani mag‘lub etib, tarixda ilk bor Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi.
Indoneziyada terrorizmda ayblanib qo‘lga olingan uch nafar o‘zbekistonlik tergov izolyatoridan qochib ketdi. Qochish chog‘ida ulardan biri daryoda cho‘kib ketdi, bir qo‘riqchi halok bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘sha kuniyoq ikki qochoqni qo‘lga oldi.
Indoneziyada 4 nafar o‘zbekistonlik “Tavhid va jihod katibasi” terror tashkilotining tashviqotini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Gumonlanuvchilarning buyumlari dalil sifatida olingan.
FIFA Indoneziyani U-20 jahon chempionati mezbonligidan chetlatishga qaror qildi. Mamlakat aholisi Isroil terma jamoasining turnirda qatnashishiga ruxsat bermaslikni talab qilgan. 31-martga belgilangan qur’a tashlash marosimi ham surilgan. Turnirga qaysi davlat mezbonlik qilishi hozircha noma’lum.
Indoneziyaning Yava orolida bo‘lgan 5,6 magnitudali zilzila sabab Cianjur shahrida 162 kishi halok bo‘ldi, 300 nafardan ortiq odam jarohatlandi. Uylari zarar ko‘rgan 13 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Bino va maktablar vayron bo‘ldi. Qutqaruvchilar hozir vayronalar ostida qolib ketganlarni qidirmoqda.
Indoneziyadagi «Kanjuraxan» stadionida yuz bergan tiqilinch oqibatida 174 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohat oldi. O‘zbekiston prezidenti fojia munosabati bilan Indoneziya prezidentiga hamdardlik bildirdi.
Indoneziyaning yangi poytaxti Nusantara deb nomlangani, Shvetsiyada omikron shtammining yangi mutatsiyasi aniqlangani, Abu-Dabida dron hujumi oqibatida uch kishining halok bo‘lgani, Nursulton Nazarboyevning jiyani va kuyovlari o‘z lavozimlarini tark etishgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Indoneziya Oziq-ovqat mahsulotlari va dori preparatlari nazorati agentligi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi. Ushbu vaksinaning III faza sinovlarida jami 4000 nafar ko‘ngilli ishtirok etgan va 92,92% foiz samaradorlikni ko‘rsatgan.
JSSTning rivojlangan davlatlarni pandemiya davom etishida ayblagani, Grenlandiyada muzlarning erishi, Dunyo hamjamiyatining Afg‘oniston yangi hukumatiga nisbatan munosabati va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Dunyo bo‘ylab sodir bo‘layotgan tabiiy ofatlar, BAAning emlash darajasi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallagani, Indoneziyada chet elliklar uchun kirish qoidalari kuchaytirilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Indoneziyada cho‘kib ketgan suvosti kemasining topilgani, Suriyaning 1 mlndan ortiq aholisi ichimlik suvisiz qolganida Turkiyani ayblagani, Isroilning G‘azo sohilidagi baliq ovi hududini butunlay yopib qo‘ygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yevropa Komissiyasining AstraZeneca’ga qarshi sudga murojaati, ilk bor Mars atmosferasidan kislorod ajratib olingani, Indoneziyaning suvosti kemasi g‘oyib bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yakshanba kuni yuz bergan suv toshqinlari va yer o‘pirilishi oqibatida Indoneziya va Sharqiy Timorda jami 76 kishi halok bo‘ldi, minglab aholi uysiz qoldi.
Indoneziyada sodir bo‘lgan 6,2 balli zilzila va suv toshqini oqibatida 96 kishi halok bo‘ldi. 70 mingdan ortiq aholi uylarini tark etdi.
10 yanvarda aviahalokatga uchragan Indoneziya Boeing 737−500 samolyoti kuchli turbulentlikka dech kelishi natijasida qulab tushgan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilinmoqda. Halokat hududida minus 70 darajali yomg‘ir bulutlari kuzatilgan.
Qirg‘iziston sobiq prezidentining ishi qayta ko‘rib chiqishga yuborilgani, Indoneziyada vulqon otilishi sababli 4 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingani, Venesuela prezidenti o‘zining telefon raqimini oshkor qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting