Ko‘kdala tumani IIB katta inspektori mast haydovchining pichoq bilan jarohat yetkazgani oqibatida vafot etdi. Holat yuzasidan Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumonlanuvchi ushlandi.
Navoiyda fuqaroga $30 ming evaziga oltin qazib olish uchun sharoit yaratib bergan IIB inspektori, Namanganda $3 ming evaziga firmaning 383 mln so‘mlik solig‘ini bartaraf etmoqchi bo‘lgan soliq inspektori, Andijonda $5 ming evaziga fuqaroni ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan Milliy gvardiya xodimi ushlandi.
Qorovulbozor tumanida reyd o‘tkazayotgan tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i Mirali Hojiyev xizmat vaqtida yaralandi. Unga hududda noqonuniy ov qilayotgan brakoner o‘q uzdi. Hozirda inspektorning ahvoli yaxshi, brakonerlar ushlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Dang‘ara tumanida tabiat resurslari inspeksiyasi bosh mutaxassisi pora bilan ushlandi. Uning taqiqlangan hududda pnevmatik qurol bilan ov qilgan fuqaroga qurolini qaytarib berish evaziga 1 mln so‘m olgani aytilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati xavfsizligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda inspektorlarga bo‘ysunmaslik, ularga qarshilik ko‘rsatish, haqoratlash holatlari so‘nggi vaqtlarda ortib borayotgani masalasiga e’tibor qaratdi. Davlat rahbari qonunlarni ko‘rib chiqishda, bu masalaga ham alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting