Iyul oxirida Nukus tomon piyoda yo‘lga chiqqan oltinko‘llik Shohjahon O‘razaliyev o‘ziga xos shov-shuvga aylandi. U uch haftada Samarqandga yetib keldi, bu vaqt ichida undan ilhomlangan “piyoda sayohatchilar” paydo bo‘ldi, Instagram’idagi obunachilari esa 370 mingdan oshdi. “Gazeta.uz” uning hikoyasini havola qiladi.
Turkiyada 9 kundan buyon taqiqda bo‘lgan Instagram shanba kuni blokdan chiqarildi. Instagram mamlakat rasmiylari talablarini bajarishga va foydalanuvchilarga qo‘yilgan senzurani tartibga solishga rozi bo‘lgan. Bu yillar davomida platformaga qo‘yilgan eng uzoq muddatli taqiq bo‘ldi.
Turkiya rasmiylari kutilmaganda Instagram`ga kirishni blokladi. Regulyator blokirovkaning sabablari va muddatini aytmadi. Mamlakatda ushbu platformaning 50 milliondan ortiq foydalanuvchisi bor.
Samarqandda Instagram orqali moliyaviy piramida tashkil etganlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ular 20 foiz to‘lov qilib, 5 xil turdagi kreditlarni uzoq muddatga olish mumkinligi haqida e’lonlar berib kelgani aytilmoqda. 45 nafar fuqarodan dastlabki to‘lov sifatida 479 mln so‘m olgani aniqlandi.
AQShda o‘nlab shtatlar Facebook va Instagram egasi hisoblangan Meta kompaniyasini daromadini oshirish maqsadida o‘smirlar va bolalarni ijtimoiy tarmoqlarga qaram qilish uchun “kuchli va misli ko‘rilmagan texnologiya”dan foydalanganlikda ayblab sudga berdi.
Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nodira Umarova insta-bloger Sevinch Sa’dullayevani sudga berdi. Sud vaqtida bloger o‘z qilmishlarini boshqa takrorlamaslik hamda barcha video va fotosuratlarni o‘chirib tashlashga va’da berib, yengilroq jazo tayinlanishini so‘ragan, biroq 5 sutkaga qamalgan.
Moskva sudi qarori bilan Meta kompaniyasi ekstremistik tashkilot deb tan olindi, Facebook va Instagram Rossiyada taqiqlandi. Endilikda rossiyaliklar ushbu ijtimoiy tarmoqlarda reklama sotib olishsa, bu ekstremistik tashkilotni moliyalashtirish deb qaralishi mumkin. WhatsApp messenjeriga taqiq qo‘yilmadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting