Farg‘ona viloyatidagi 76 ta sektorning har birida iqtisodiy kompleksning boshqaruv ofislari tashkil etiladi. 2021−2022 yillarda 949 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Cho‘l joylar, yaylov va adirliklarda 33 ming gektar yer o‘zlashtiriladi. Bundan tashqari, 16 ta oilaviy shifokorlik punkti va oilaviy poliklinikalarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.
10 ta yirik tijorat banki tomonidan umumiy qiymati 1,5 mlrd dollar bo‘lgan loyihalar taqdim etildi. Asaka banki ishtirokida Toshkent shahrining «Eski shahar» hududida savdo shaharchasi barpo etilishi, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan esa «Urgut» da umumiy qiymati 100 mln dollardan ortiq loyihani amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
«O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Mansur Hoshimov rossiyalik investorlarga «Foton»ning 85,15 foiz aksiyalar paketini taklif qildi. Shuningdek, u O‘zbekistonda elektronika va elektrotexnika sohasida rivojlanish strategiyasini birgalikda ishlab chiqish, telekom-uskunalar, maishiy va sanoat robotlarini yaratishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish taklifini ilgari surdi.
AQSH Davlat departamenti hisobotida keltirilishicha, O‘zbekistondagi investitsiya muhitga davlat monopoliyalarining ustunligi, davlat xaridlarida shaffoflikning yo‘qligi va davlat korxonalari tomonidan shartnoma majburiyatlarining izchil bajarilmasligi salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston umumiy hajmi 4,8 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar jalb qildi, bundan 3,2 mlrd dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga to‘g‘ri keldi. Investitsiyalar kiritish bo‘yicha Rossiya, Xitoy, Germaniya va Turkiya yetakchilik qildi. Iqtisodchi Behzod Xoshimov to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi XVJ prognozidan 4,2 barobar yuqori bo‘lganiga e’tibor qaratdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting