2025-yilda O‘zbekiston 43 mlrd dollarlik investitsiya o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Investitsiyalar vaziri asosiy e’tibor importni qisqartirish va mahalliylashtirish darajasini oshirishga qaratilishini ta’kidladi.
Yil oxirigacha Yandex Uzbekistan Yandex Go xizmatlarini rivojlantirish va yangilarini ishga tushirish uchun 33 mln dollardan ortiq mablag‘ sarflamoqchi, dedi kompaniya rahbari. Sayohatlar, ovqat buyurtma qilish va 16 ta shaharga buyum hamda tovarlarni yetkazish bo‘yicha xizmatlar qamrovini oshirish reja qilinmoqda.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda investorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni sanab o‘tdi: “Investitsiyalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinadi, mamlakatda Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi va xorijiy sarmoyadorlarga yerlarni ijaraga berish muddati ikki barobar uzaytiriladi.
Xorazmda yuk elektromobillari, akkumulyatorlar uchun nikel sulfat, arxitektura oynalari, shisha idishlar, qurilish materiallari, lak-bo‘yoqlar va mato ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Umumiy qiymati 660 mln dollardan ziyod loyihalar Shavkat Mirziyoyevga taqdim etildi.
“O‘zkimyosanoat” O‘zbekiston rasmiylariga qarshi xalqaro arbitraj ishini boshlagan Ispaniyaning Maxam kompaniyasining “asossiz ayblovlari”ni rad etdi. O‘zbekiston tomoni investorni sarmoya jalb etish va qo‘shma korxonalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlikda aybladi.
O‘tgan 9 oy davomida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi qariyb 190 trln so‘mni tashkil etdi. Investitsion faollik Sirdaryo (127,6%), Samarqand (122,5%) va Qoraqalpog‘istonda (118,9%) qayd etilgan bo‘lsa, Buxoro (98,5%), Qashqadaryo (96%) va Toshkent shahrida (97,6%) nisbatan pasayish kuzatildi.
2022-yilda Toshkent shahrida umumiy qiymati 3,8 mlrd dollarlik 738 ta loyihani amalga oshirish reja qilingan. Shundan 500 ta loyiha joriy yilning o‘zidayoq ishga tushishi, buning natijasida 27 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Prezident Toshkentning moliyaviy va iqtisodiy imkoniyatlar kengligini, har bir tumanga qo‘shimcha 100 mln dollar jalb qilish mumkinligini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yildan beri mamlakatda o‘zlashtirilgan investitsiyalar 83 mlrd dollarni tashkil etganligini ta’kidladi. Bu oldingi davrga nisbatan 2 baravar ko‘proq.
Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining ta’kidlashicha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi asosiy muammolar — qulay investitsiya muhitining yo‘qligi, xususiy mulk huquqlarini tartibga solish va himoya qilish sohasining nomukammalligi bo‘lib turibdi. Amaldagi investitsiya tendensiyalarining shunday davom etishi iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishishni sekinlashtirishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev investitsiyalar va tashqi savdo sohasidagi bag‘ishlangan yig‘ilishda moliya institutlaridan olingan qarzlarning holati va natijalariga e’tibor qaratdi. «Qarz oluvchi tarmoq rahbarlari qarorlarda belgilangan mas’uliyat va javobgarligini sezayaptimi, yo‘qmi? Man o‘ylaymanki, hali yo‘q», — dedi prezident.
Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Shisin Chen Osiyo mamlakatlariga pandemiya sababli yuzaga kelgan inqirozni yengishda yordam beradigan to‘rtta yo‘nalishni taklif qildi. Ular orasida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohalari ham bor.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting