Samarqand viloyati prokuraturasi 445 mln so‘mga 22 dona iPhone 14 Pro Max smartfonlarini xarid qildi. Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi Toshkent viloyati bo‘limi 51 mln so‘mga ikkita iPhone 15 Pro Max sotib oldi. Boshqa davlat idoralari ham smartfonlar xarid qilmoqda.
Xitoy hukumati amaldorlarga iPhone va boshqa xorijiy brend qurilmalarini idoraga olib kirishni taqiqladi. Bu XXRning xorijiy texnologiyalarga qaramlikni kamaytirishga urinishi bilan bog‘liq. Cheklov mamlakatda Apple mahsulotlari sotuvining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Apple kompaniyasi iPhone SE, iPad Air va boshqa yangi mahsulotlari taqdimotini o‘tkazdi. Yangilangan iPhone SE smartfoni endi A15 Bionic protsessoriga ega. Taqdim etilgan yangi iPad Air esa MacBook kompyuterlarida o‘rnatilgan M1 protsessoriga ega bo‘ldi. Shuningdek, kompaniya o‘zining barcha kompyuterlaridan kuchliroq deb hisoblaydigan MacStudio`ni ham namoyish qildi.
Apple kompaniyasining aksiyalari 4,21% ga arzonladi. Sarmoyadorlarning hisoblashicha, Apple Osiyo smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalariga raqobatni boy bermoqda.
Apple Event taqdimotida Apple kompaniyasi yangi iPhone smartfonlari va HomePod mini «aqlli» karnaylarini taqdim etdi
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting