Toshkent 2023-yilda dunyoning havosi eng iflos poytaxtlari reytingida 22-o‘rinni egalladi. IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, shaharda PM2,5`ning o‘rtacha yillik darajasi JSST tavsiyalaridan 5−7 baravar yuqori bo‘lgan.
So‘nggi bir oyda Toshkent shahridagi IQAir havo sifati datchiklari soni ikki baravardan ko‘proqqa ko‘paydi. “Gazeta.uz”dan tashqari ular BMTTD, IMPACT.T, korzinka.uz, Safia va boshqalar tomonidan o‘rnatildi. Uzum va “Kapitalbank” yil oxirigacha 50 ta datchikdan iborat tarmoq yaratilishini ma’lum qildi.
“Gazeta.uz” tahririyati binosi tomiga havo sifatini o‘lchovchi IQAir datchigi o‘rnatildi. Undan olingan ma’lumotlar ko‘pchilik havo sifatini tekshirish uchun foydalanadigan iqair.com portalidagi umumiy tarmoqqa yuklanmoqda. Bu ma’lumotlar kelgusida saytimizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib boriladi.
AQSh elchisi Jonatan Xenik va USAID missiyasi rahbari Devid Xofman Toshkent havosi haqida gapirdi. “Har kim buni shaxsiy muammo sifatida qabul qilishi kerak, chunki bu barchaga — „siz, oilangiz va farzandlaringizga“ taalluqli. Shuningdek, hukumatni muammoni o‘rganib, chora ko‘rishga undash zarur”, — dedi elchi.
10-yanvar kuni tongda Toshkent shahrida havo sifati RM 2,5 zarrachalari miqdori bo‘yicha “nosog‘lom” darajani ko‘rsatdi. AQSh elchixonasida joylashgan havo sifatini aniqlovchi datchik esa seshanbadan buyon texnik jihatdan nosoz holatda turibdi.
IQAir indeksiga ko‘ra, 14-dekabr kuni Toshkent shahrida ifloslanish darajasi me’yordan 55 baravarga oshib, havo sifati “xavfli” deya qayd etildi. Poytaxtda atmosfera quyi qismi zaharli tutun bilan muallaq o‘ralib turibdi.
IQAir indeksiga ko‘ra, Toshkent havosi so‘nggi bir oy ichida 4 kun “nosog‘lom”, 10 kun “ta’sirchan guruhlar uchun nosog‘lom” deya qayd etildi. Poytaxtda oy davomida faqat bir kun “yaxshi” darajadagi havo kuzatildi. Toshkent ayni damda dunyoning beshinchi eng ifloslangan shahri bo‘lib turibdi.
Tonggi soat 8 da Toshkent IQAir`ning dunyoning yirik shaharlari bo‘yicha havo ifloslanish darajasi reytingida 4-o‘rinni egalladi. Poytaxt havosi ta’sirchan odamlar guruhi uchun bir muddat zararli bo‘lib qoldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting