BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi a’zo davlatlar uchun bolalarning atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashda nima qilishlari kerakligi haqidagi yo‘riqnomani e’lon qildi. Unda aytilishicha, davlatlar o‘z chegaralari va undan tashqarida ham atrof-muhitga yetgan zarar uchun javobgar bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining 60 foizdan ortig‘i qishda dars mashg‘ulotlarini kurtka va bosh kiyimlarda o‘tkazadi, chunki sinfxonalar sifatsiz ko‘mir yordamida isitiladi. Energiya inqirozi davrida sinfxonalarni ekologik xavfsiz tarzda isitishning imkoni bormi? “Gazeta.uz” reportaji.
O‘zbekistonda ichimlik suvi tariflari ko‘tarilishi, Qoraqalpog‘istonda sholi yetishtiriladigan maydonlarning qisqarishi, Qirg‘izistonning Qozog‘istonga sug‘orish uchun suv berishni to‘xtatgani mintaqada suv inqirozi kuchayib borayotganidan dalolat beradi. “Gazeta.uz” hududlardagi suv bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgandi.
“Global isish davri tugadi, global qaynash davri kirib keldi”, — deya ma’lum qildi BMT rahbari. Meteorologlarning fikricha, joriy yilning iyuli kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ladi. Bu oyda eng issiq uch hafta va eng issiq uch kun qayd etildi.
Markaziy Osiyo va Yevropadagi bolalarning qariyb yarmi issiqlik to‘lqinlariga duchor bo‘lmoqda — bu global o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘p, deyiladi YUNISEF hisobotida. Tashkilot mintaqa hukumatlarini shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.
Sharofiddin Musayev har ko‘chatga yiliga atigi 17 litr suv sarflab, Kitobning qovjiragan adirlarida yong‘oqzorlar bunyod etadi. Qachonlardir bu joylar ko‘m-ko‘k o‘rmon edi, ammo aholi daraxtlarni o‘tin qilib yuborgan. Shunga qaramay, namliksiz ham daraxtlarni qaytarish mumkin. Sabina Bakayeva reportaji — shu haqda.
MHTI ekspertlari O‘zbekistonda suv tanqisligini qurg‘oqchil hududlarning qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rgandi. 2030-yilga borib mamlakatda 7 mlrd kub metr suv tanqisligi kuzatilishi mumkin. Natijada O‘zbekiston suv tanqis bo‘lgan 33 ta davlat qatoriga tushib qolish ehtimoli bor.
Jahon iqtisodiy forumi hisobotiga ko‘ra, yaqin bir yilda energiya inqirozi, yashash xarajatlarining o‘sishi, oziq-ovqat taqchilligi, uzoq va o‘rta istiqbolda esa tabiiy ofatlar, iqlim, resurslar inqirozi hamda ular keltirib chiqaradigan ijtimoiy-iqtisodiy tanazzul va beqarorlik jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Yevropa Ittifoqining ASK dasturi iqlim o‘zgarishining O‘zbekiston agrar sektoriga ta’sirini tahlil qildi. Loyiha rahbari Adrian Nilning «Gazeta.uz»ga aytishicha, mamlakat qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga qarshi muvofiqlashgan milliy kurash yo‘q. Shu bois sohada qilinayotgan ishlar natijasi sezilarli emas.
Yer kimlarningdir nafsi uchun uvol qilinmay, ishlaydigan odamga berilishi kerak; «chinakam innovatsiyalar» suv tanqisligi oqibatlarini yumshatadi, ammo ular joriy etilmasa, mintaqadagi bo‘lajak agrar muammolardan eng ko‘p o‘zbekistonliklar aziyat chekadi, deb hisoblaydi yapon universiteti doktoranti Aziz Omonov.
BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 27-konferensiyasida iqlim ofatlaridan jabr ko‘rgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish jamg‘armasini tashkil etishga qaror qilindi. Shu bilan birga, qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechish va global isishni Selsiy bo‘yicha 1,5 daraja oralig‘ida ushlab turish zarurati masalalari ochiq qoldi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva Sharm al-Shayxda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyasi (COP27)da nutq so‘zladi. U Mintaqaviy iqlim kengashini tuzishni taklif qildi va O‘zbekiston «yashil» iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali iqtisodiy taraqqiyotga erishishni maqsad qilganini ta’kidladi.
Orol qurishi Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Buxoroga jiddiy ta’sir o‘tkazayapti, dedi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori. Mamlakatning kam daromadli aholi qatlami esa ayni shu hududlarda yashaydi, Shu bois, O‘zgidromet hududlarning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha milliy moslashuv rejasini ishlab chiqmoqda.
Iqlim o‘zgarishi muammosi yildan-yilga dolzarblashib bormoqda. Nima sababga ko‘ra iqlim bunchalik injiq bo‘lib qoldi? Bu holatni o‘zgartirish uchun biz nima qilishimiz lozim? Bizni kelajakda nimalar kutmoqda? «Gazeta.uz» ushbu maqolada barchamizni qiynayotgan savollarga javob beradi.
Ekstremal ob-havo holati — Yerdagi iqlim o‘zgarishining kundalik «yuzidir», deyiladi Jahon meteorologiya tashkilotining yangi hisobotida. Global energiya ishlab chiqarishni zudlik bilan o‘zgartirish orqaligina iqlim halokatining oldini olish mumkin. BMT qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish rejasini taklif qildi.
O‘zgidromet rahbari Sherzod Xabibullayev Orol dengizi falokati natijasida Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi dunyo ko‘rsatkichlaridan 2 barobar jadalroq kechayotganini ta’kidladi. Bu muzliklar erishi, chang bo‘ronlari davriyligi va ularning ortib borishi, yerlarning degradatsiyaga uchrashi, suv resurslarining taqchilligi kabi salbiy ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekistonning global isishga qarshi kurashdagi hissasi ortadi: mamlakat 2030 yilgacha issiqxona chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini sezilarli darajada oshirdi.
Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh iqlim inqirozini yengish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. Unda aytilishicha, iqlim o‘zgarishi mintaqada suv mavjudligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, cho‘llanish va tuproq degradatsiyasini tezlashtirmoqda.
Iqlim o‘zgarishlari 250 mln kishini o‘z mamlakatlari ichida ko‘chishga majbur qilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda Jahon banki hisob-kitoblari. Markaziy Osiyoda yashayotgan qariyb 2,5 mln kishi iqlim migrantlariga aylanadi. Farg‘ona vodiysi, Toshkent atrofi, Tojikiston janubi va Qozog‘iston shimoli — oqim manzillari.
2021 yilning iyuli 142 yillik global meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting