Uzbekistan Airways Yaqin Sharqdagi notinch vaziyat sabab “xavfsizlikni ta’minlash maqsadida” parvozlarni Iroq va Eron havo hududlarini aylanib o‘tgan holda amalga oshiradi.
Iroq parlamenti, huquq himoyachilari fikricha, qizlar uchun nikoh yoshini 9 yoshga tushirish va diniy idoralarga nikoh masalalarini qaytadan tartibga solish imkonini beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Bir qator shaharlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
Turkmaniston Iroq bilan gazni Eron orqali yetkazib berish borasida kelishib oldi. Protokol yiliga 9 milliard kub metr gaz yetkazib berish bo‘yicha 5 yillik shartnomani nazarda tutadi.
Iroq rasmiylari Telegram`ni milliy xavfsizlik va “fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlash” maqsadida blokladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, messenjer ma’lumotlar sizib chiqayotgan kanallarni yopish haqidagi so‘rovlarni e’tiborsiz qoldirgan.
AQSh harbiylari Iroqqa bostirib kirib, Saddam Husayn tuzumini ag‘darganiga 2023 yil martida 20 yil to‘ladi. Iroqlik jurnalistning xotirlashicha, ozodlik havosi bir soatgina esgan, xolos. Chunki “hech qanday reja mazkur noqonuniy bosqinni “ozodlikka olib chiqish"ga aylantira olmasdi”.
16 may kuni Iroq poytaxti Bag‘dod va bir qator viloyatlarni so‘nggi bir oydagi sakkizinchi chang-qum bo‘roni qopladi. Rasmiylar maktablar, aeroportlar va davlat idoralarini yopib qo‘ydi, minglab kishilar nafas qisishi shikoyati bilan kasalxonalarga murojaat qilishdi.
Kobulda shifoxonadagi portlashlarda 23 kishining halok bo‘lgani, 100 dan ortiq dunyo yetakchilarining 2030 yilgacha o‘rmonlarni kesishni to‘xtatishga va’da bergani, Janubiy Sudanda AN-26 samolyoti qulashi natijasida 5 ekipaj a’zosi, jumladan ikki rossiyalikning halok bo‘lgani, Zelenskiyning va Qrim va Donbass shaharlarini «Yevropa markazidagi ekobombalar» deb atagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
AQShda respublikachilarning Jo Bayden iste’fosini talab qilishayotgani, Efiopiyada separatistlarning 210 nafar tinch aholini o‘ldirgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Kobulning «Tolibon» bilan sulh tuzishga tayyorligi, Iroqqa chet eldan 17 mingdan ortiq qadimiy buyumning qaytarilgani, KXDRning oziq-ovqat tanqisligi tufayli armiya zaxirasidan foydalanayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
AQSh 31 dekabrga qadar Iroqdagi harbiy operatsiyalardagi ishtirokini to‘xtatadi. Xavfsizlik bo‘yicha munosabatlar o‘quv mashg‘ulotlari, maslahatlashuvlar, ravzvedka ma’lumotlarini olishga o‘tkaziladi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar Iroq xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qildi.
Iroqning En-Nasiriya shahrida joylashgan kasalxonadagi COVID-19 bemorlari davolanadigan bo‘lim yonib ketdi. Kamida 50 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohatlangan.
Quddusdagi taroveh namozidan so‘ng boshlangan tartibsizliklarda 100 dan ortiq kishining jarohat olgani, Afg‘onistonning AQSH va NATO qurollarini olib qolishni rejalashtirayotgani, Boltiqbo‘yi davlatlarining rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Chexiyada Rossiya elchixonasining 18 nafar xodimi mamlakatdan chiqarib yuborilgani, Moldova prezidentining fitnatda ayblanayotganligi, SpaceX’ning Oyga astronavtlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
26 va 29 mart kunlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gana B hamda Iroq terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Gana termasiga qarshi kechgan o‘yinda O‘zbekiston MTJ 2:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Iroq termasiga Toshkentda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Lukashenkoning Belarus va Rossiyaning birlashishini ma’qullamagani, yil oxirigacha COVID ustidan g‘alaba qozonish bo‘yicha prognozlar haqiqatga mos kelmasligi, Volvo’ning 2030 yilga kelib faqat elektromobil ishlab chiqarishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
NATOning Iroqdagi kontingentini sakkiz baravar oshirishi, Turkiyaning mart oyidan boshlab karantin cheklovlarini susaytirishi, BMTning atrof-muhit dasturi bo‘yicha yangi hisoboti va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Kanada hukumatining aholidan qurol sotib olish dasturi, JSSTning SARS-CoV-2 kelib chiqishi bo‘yicha to‘rt versiyasi, Isroilning vaksinalarni Falastinga kiritmagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting