Rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya, uning hamrohi va o‘zbekistonlik fuqaroning Toshkent mehmonxonasidagi o‘limida gumonlanib 4 kishi qamoqqa olindi. Ular orasida mehmonxona egasi, santexnik va eski, nosoz isitish qozonini sotgan sotuvchilar bor. Qozon xavfsizlik qoidalarini buzgan holda o‘rnatilgan.
Qashqadaryoning Qarshi shahrida bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Andijonning Asaka tumanida er-xotin ko‘mirdan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Namanganning Pop tumanida qo‘lbola pechkadan chiqqan is gazi oqibatida bir oilaning uch nafar a’zosi: ota, o‘g‘il va qiz farzandlar halok bo‘ldi. Ona ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida tirik qoldi. Prokuratura tekshiruv harakatlarini boshladi.
Is gazi nima? Undan zaharlanish qanday yuz beradi? Bunday hollarda (yoki zaharlanmaslik uchun) nima qilish kerak? “Gazeta.uz” Favqulodda vaziyatlar, Sog‘liqni saqlash hamda Energetika vazirliklarining bu bo‘yicha tavsiyalarini jamladi.
“O‘zbekiston is gaziga qarshi kurash jamiyati” uch yildan ortiq vaqtdan beri NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha rad javobini olib kelmoqda. “Gazeta.uz” kolumnisti Dilmurod Yusupov 12 ta javob xatini o‘rganib chiqib, NNTlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar hali ham tizimli ekanini ta’kidladi.
Farg‘ona shahrida 3 kishi is gazidan zaharlanib, ularning 2 nafari vafot etdi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Kattaqo‘rg‘on tumanida chillasi chiqmagan kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi. Xonadon egalari ularni ko‘mgan va huquqni muhofaza qilish organlariga bu haqda xabar bermagan. Hozirda prokuratura holatni o‘rganmoqda.
Chust tumanida 3 va 8 yoshli bola sog‘lig‘i yomonlashgani sababli shifoxonaga yotqizildi. 8 yoshli bola birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan vafot etdi. Viloyat FVB o‘limga is gazi sabab bo‘lganiga ishora qilmoqda.
IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2022 yil boshidan buyon 90 dan ortiq is gazidan zaharlanish holati qayd etilgan. Ular oqibatida 146 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan.
Yangibozor tumanida fuqaro va uning nevarasi uyda vafot etdi. Ularning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Toshkent viloyati Chinoz tumanida er-xotin va ularning 3 oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi. Xonadon bir kun avval qarzdorlik sabab gazdan uzilgan, biroq uy egasi o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib olgan. Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
13 noyabr kuni Xorazmda ijarada turgan ikki yigit, oradan ikki kun o‘tib Jizzaxda qariya ayol va uning ikki nabirasi is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Navro‘z kuni Qo‘qon shahridagi masjid imom-xatibi va uning to‘rt nafar oila a’zolari noma’lum etiologiyali zaharlanish natijasida vafot etgan. Mutaxassislar buni is gazidan zaharlanish, deya taxmin qilmoqda.
Andijon viloyati Asaka tumanidagi fermer xo‘jaligining uch yollanma ishchisi is gazidan vafot etdi. Ular qo‘lbola sandalga yoqilgan ko‘mirdan chiqqan is gazidan zaharlanishgan. Tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
2022 yilning ilk 25 kunida O‘zbekistonda is gazi bilan bog‘liq 16 ta holat qayd etilgan, buning oqibatida esa 9 kishi zaharlangan va 28 kishi vafot etgan. Baxtsiz hodisalarga asosan qo‘lbola yasalgan pechlardan foydalanish, dudbo‘ronlarni noto‘g‘ri o‘rnatish, havo almashmaydigan xonalarda ko‘mir va o‘tin yoqish sabab bo‘lgan.
Farg‘ona shahrida ikki nafar harbiy xizmatchi va 17 yoshli qiz is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2021−2022 yilgi isitish mavsumi boshidan beri 40-baxtsiz hodisa. Mavsum davomida is gazidan jami 54 kishi vafot etgan.
Yil boshidan beri O‘zbekistonda is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi oqibatida 115 nafar inson jarohatlandi, 125 kishi esa halok bo‘ldi. Aynan qish mavsumida har uchta noxush holatdan bittasi isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanishdan kelib chiqmoqda.
Nukusda ijarada yashovchi talaba xonadondagi isitish qozoni otashxonasidan chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etganligi aniqlandi.
Farg‘ona tumanida 62 yoshli ota va 31 yoshli o‘g‘il o‘z uylarida is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting