So‘nggi besh yil ichida ta’lim sohasida o‘rtacha ish haqi 2,5 barobar oshdi, biroq mamlakatdagi o‘rtacha ish haqiga nisbatan farq 16,8 foizdan 26,5 foizgacha ko‘tarildi. Sog‘liqni saqlash sohasida esa tafovut asta-sekin qisqardi, ammo 2022 yil yanvar-mart oylarida u besh yil avvalgi ko‘rsatkichga qaytdi.
2021-yilda 2 mln so‘mgacha oylik oladigan soni kamayib, 2−4, 4−5 va 5 mln so‘mdan ziyod maosh oladiganlar soni ortdi. Xususan, 5 mln so‘mdan ortiq ish haqi oluvchilar soni bir yil avvalgiga nisbatan 209 ming kishiga ko‘payib, 513,2 ming nafarga yetgan.
Rossiya migrantlar federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi mehnat migrantlarining o‘rtacha oylik daromadi 47,1 ming rublni (6,9 mln so‘m) tashkil etadi. Rus tilini bilish darajasiga qarab, ish haqi 12 ming rublgacha farq qilishi mumkin. Migrantlar uchun qurilish hamda transport-logistika tarmoqlari eng daromadli deb topilgan. Eng kam ish haqi esa qishloq xo‘jaligi va maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan muhojirlarga to‘lanadi.
2022 yil uchun davlat budjeti loyihasiga ko‘ra, ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga 11,7 trln so‘m yo‘naltiriladi.
2020 yilda respublika bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 2,67 mln so‘mni tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 14,8 foizga o‘sdi. O‘zbekiston bo‘yicha eng yuqori ish haqi Toshkent shahri (3,99 mln so‘m), hamda Navoiy (3,5 mln) va Toshkent (2,87 mln so‘m) viloyatlarida qayt etilgan.
2020 yilda eng ko‘p maosh to‘lanadigan mutaxassisliklar oliy menedjment va axborot texnologiyalari sohalari bo‘lib, maksimal darajadagi oylik ish haki 30 mln so‘mga teng bo‘lgan. Eng kam oylik ish haqi ishchi xodimlar va sug‘urta sohasi ishchilariga to‘g‘ri kelgan — 700 ming so‘m.
O‘zbekistonda 1 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni 42,8 foizni, 5,5 mln so‘m va undan yuqori oluvchilar soni 6 foizni tashkil etadi.
Koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiy faollikning sekinlashuvi ish haqi miqdorlarining pasayishiga olib keldi. Jumladan, 1 mln so‘mgacha maosh oladiganlar soni 100 ming kishiga ko‘payib, 1,77 mln nafarga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting