«issiqlik ta’minoti» tegli maqolalar


Toshkentda isitish tizimida muammolar kuzatilmoqda
13 yanvar 2023, 15:47

Toshkentda isitish tizimida muammolar kuzatilmoqda

Poytaxtdagi ayrim tumanlarda gaz bosimi pasayishi ortidan isitishda muammolar kuzatilyapti. «Veolia Energy Tashkent» MCHJ shahar aholisini vaziyatni tushunishga chaqirib, holatni yaxshilash uchun zarur choralar ko‘rilayotganini bildirdi.

Veolia Energy Tashkent issiqlik yetkazib berishni yaxshilash uchun nasoslar o‘rnatmoqda
24 dekabr 2022, 08:32

Veolia Energy Tashkent issiqlik yetkazib berishni yaxshilash uchun nasoslar o‘rnatmoqda

Veolia Energy Tashkent issiqlik ta’minoti korxonasi poytaxtdagi muammoli uchastkalarga 230 ta retsirkuryatsiya nasoslarini o‘rnatmoqda. Kompaniyaning qayd etishicha, bu issiqlik va issiq suvni yetkazib berishni yaxshilashga xizmat qiladi.

Toshkentda issiq suv yoki isitish bilan bog‘liq muammolarda qayerga murojaat qilish kerak?
1 dekabr 2022, 15:27

Toshkentda issiq suv yoki isitish bilan bog‘liq muammolarda qayerga murojaat qilish kerak?

Veolia Energy Tashkent poytaxt aholisiga issiq suv yoki isitish bilan bog‘liq muammolarda qayerga murojaat qilish kerakligi borasida yo‘riqnoma taqdim etdi.

Toshkentdagi 4 ta tumanning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
28 noyabr 2022, 12:56

Toshkentdagi 4 ta tumanning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

28 noyabr kuni Yakkasaroy, Shayxontohur, Yunusobod va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti cheklanmagan holda issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Toshkentni issiqlik bilan ta’minlovchi Veolia Energy Tashkent’ning rahbari o‘zgardi
19 noyabr 2022, 22:20

Toshkentni issiqlik bilan ta’minlovchi Veolia Energy Tashkent’ning rahbari o‘zgardi

Veolia Energy Tashkent bosh direktori Aleksandr Xasti oilaviy sabablarga egallab turgan lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga Alisher Xaytmetov korxona boshlig‘i vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.

Angren IESda «nosozlik» yuz berdi
13 noyabr 2022, 21:11

Angren IESda «nosozlik» yuz berdi

Toshkent viloyatidagi Angren issiqlik elektr stansiyasida 13 noyabr, yakshanba kuni «nosozlik» yuz berdi. Energetika vazirligidan ma’lum qilishlaricha, hozirda Angren shahriga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda, qisqa vaqt ichida issiqlik energiyasi yetkazib berilishi ham qayta tiklanishi kutilmoqda.

Toshkentning uchta tumanida issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
13 noyabr 2022, 20:28

Toshkentning uchta tumanida issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

14 noyabr kuni Toshkentning uchta tumanidagi ayrim massiv va ko‘chalar aholisi vaqtincha issiqlik ta’minotisiz qoladi. Veolia Energy Tashkent buni magistral quvurda rejadan tashqari ishlar olib borilishi bilan izohladi. Joylarda issiq suv ta’minoti saqlanib qoladi.

Toshkentda 22 oktabrdan isitish mavsumi boshlanadi
19 oktabr 2022, 10:04

Toshkentda 22 oktabrdan isitish mavsumi boshlanadi

Toshkent shahrida 22 oktabrdan ijtimoiy soha obyektlari, 24 oktabrdan esa ko‘p qavatli turar joy binolarini bosqichma-bosqich issiqlik energiyasi bilan ta’minlash boshlanadi.

Aholi va tadbirkorlar uchun issiqlik ta’minoti tariflari o‘zgarmaydi
5 oktabr 2022, 11:17

Aholi va tadbirkorlar uchun issiqlik ta’minoti tariflari o‘zgarmaydi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi 2022/2023 yillar isitish mavsumi uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflarini tasdiqladi. Unga ko‘ra, aholi va tadbirkorlar uchun tariflar 2019 yilda belgilangan tarifda o‘zgarishsiz qoladi.

Isitish tizimi ishlamagan kunlar uchun to‘lov chegirib tashlanadi
27 yanvar 2022, 16:19

Isitish tizimi ishlamagan kunlar uchun to‘lov chegirib tashlanadi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi matbuot xizmati rahbari Jamoliddin Qalandarovning ta’kidlashicha, “blekaut” vaqtida isitish tizimi ishlamagan kunlar uchun to‘lovlar, albatta chegirib tashlanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda isitish tizimi 27-yanvar kuni tungacha avvalgidek ishlay boshlaydi.

Toshkentning uchta tumanida issiqlik va issiq suv uzilib qoldi
12 noyabr 2021, 15:58 1

Toshkentning uchta tumanida issiqlik va issiq suv uzilib qoldi

Yunusobod tumanidagi 4-Issiqlik markazining elektr energiyasi ta’minotida nosozlik ro‘y bergani sababli Yunusobod, Olmazor va Shaxontohur tumanlarida issiq suv va issiqlik ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

O‘zbekistonliklarning issiqlik energiyasidan 2 trln so‘mdan ortiq qarzi mavjud
29 oktabr 2021, 16:13

O‘zbekistonliklarning issiqlik energiyasidan 2 trln so‘mdan ortiq qarzi mavjud

O‘zbekiston aholisi issiqlik energiyasi uchun 2 trln so‘mdan ortiq pul to‘lamagan, natijada isitish korxonalari gaz, elektr va sovuq suvdan 2,5 trln so‘m qarzdor bo‘lib qolgan. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Qurbon Tursunovning ta’kidlashicha, kelgusida barcha loyihalarda yetkazib berilayotgan issiqlik haroratiga qarab narxni hisoblaydigan elektron hisoblagichlar o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvi Veolia qo‘liga o‘tdi
30 sentabr 2021, 14:09

Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvi Veolia qo‘liga o‘tdi

Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi 30 yil muddatga Fransiyaning Veolia kompaniyasi boshqaruviga topshirildi. Birinchi ikki yilda Bektemir va Sergeli tumanlarida isitish tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha sinov loyihasi amalga oshiriladi, so‘ngra butun shaharni qamrab oluvchi «ulkan modernizatsiya dasturi»ni ishga tushirish kutilmoqda.

Veolia kompaniyasining Toshkent issiqlik ta’minoti bo‘yicha loyihasidan nimalar kutilmoqda?
8 avgust 2021, 14:48

Veolia kompaniyasining Toshkent issiqlik ta’minoti bo‘yicha loyihasidan nimalar kutilmoqda?

Toshkent issiqlik ta’minoti tizimini Fransiyaning Veolia kompaniyasi boshqaruviga topshirish rejalashtirilmoqda. Hukumat loyiha natijasida 30 yil davomida gaz, elektr energiyasi va suvdan trillionlab so‘m iqtisod qilinishi, issiqlik yo‘qolishining 44 foizdan 20 foizga qadar pasayishi va kreditor qarzdorlikning kamayishini kutmoqda. Shu bilan birga, tariflar ikki barobar ko‘proqqa oshadi.

Veolia Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvini qo‘lga kiritadi
3 avgust 2021, 13:33

Veolia Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvini qo‘lga kiritadi

Fransiyaning Veolia kompaniyasi Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvini qo‘lga kiritadi. Kompaniya 30 yil ichida 315 mln yevro hamda loyiha davrida olinadigan daromad hisobidan 1 mlrd 80 mln yevro investitsiya kiritadi. 10 yil ichida Toshkentdagi barcha qozonxonalarni yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tkazish ham reja qilingan. Sinov loyihalari ikkita tumanda amalga oshiriladi.

Jahon banki Andijon shahrining issiqlik ta’minotini rekonstruksiya qilish uchun $36 mln ajratadi
18 iyun 2021, 15:02

Jahon banki Andijon shahrining issiqlik ta’minotini rekonstruksiya qilish uchun $36 mln ajratadi

Jahon banki Andijon shahrining issiqlik ta’minotini yaxshilash uchun qiymati 36 mln dollar bo‘lgan loyihani boshlaydi. Uning doirasida 24 km issiqlik uzatish tarmoqlari, 271 ta ko‘p qavatli uy qurilishi hamda 32 ta ijtimoiy soha obyektida alohida ishlaydigan isitish uskunalari o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

2000 dan ziyod uy markazlashtirilgan issiqlik tarmoqlariga ulanadi
28 may 2021, 23:11

2000 dan ziyod uy markazlashtirilgan issiqlik tarmoqlariga ulanadi

Shavkat Mirziyoyev 2000 dan ortiq uyni markazlashtirilgan issiqlik tarmoqlariga ulashni topshirdi. Qozonxonalarni modernizatsiya qilish ishlari doirasida issiqlik tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish rejalashtirilmoqda. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tish yiliga 670 mlrd so‘mni iqtisod qilishga imkon beradi.

Issiqlik ta’minoti masalalari bo‘yicha 24 soat ishlaydigan dispetcherlik xizmati joriy etildi
21 yanvar 2021, 11:05

Issiqlik ta’minoti masalalari bo‘yicha 24 soat ishlaydigan dispetcherlik xizmati joriy etildi

Issiqlik tarmoqlarida baxtsiz xodisalar, isitishning uzilish xolatlarida issiqlik ta’minoti tashkilotlarining uzluksiz ishlaydigan shoshilinch dispetcherlik xizmati yo‘lga qo‘yildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting