Toshkent viloyati va shahrida atmosferaga zarar yetkazayotgan 46 ta issiqxonaning faoliyati to‘xtatildi. Bundan tashqari, 426 ta issiqxona egalari chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish zarurligi, shuningdek, chiqindilardan yoqilg‘i sifatida foydalanish taqiqlangani haqida ogohlantirildi.
O‘zbekistonda yaqin uch oy ichida issiqxonalarga gaz uchun joriy 100 foiz emas, 50 foizlik oldindan to‘lovni amalga oshirishga ruxsat beriladi. Shuningdek, ularga elektr va gaz uzilishlari haqida oldindan xabar beriladi.
Issiqxona xo‘jaliklari samaradorligini oshirish uchun ularga ma’lum mutaxassislarni yollash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini va ko‘mir qozoni sotib olish xarajatlarining 20 foizigacha qismini qoplash taklif etilmoqda.
Turkmanistonning issiqxona pomidorlari Tojikiston bozoridagi o‘zbek pomidorini butunlay chiqarib yubordi, deb yozmoqda EastFruit. Moldova va Tojikistonda pomidor narxi O‘zbekistondagiga qaraganda arzonroq, Polshada esa deyarli teng. Portal O‘zbekistonning issiqxona xo‘jaligidagi muammolariga ham to‘xtaldi.
Toshkent atrofida ko‘mirdan foydalanadigan issiqxonalar sabab “yashil halqa” o‘rniga “kulrang halqa” hosil bo‘ldi, deb xabar qildi Ekologiya vazirligi “Gazeta.uz"ga. Vazirlik havo ifloslanishining boshqa asosiy sabablarini sanab o‘tdi.
Prezident issiqxonachilar anomal sovuqdan eng ko‘p zarar ko‘rganlar qatorida bo‘lganini aytib, Energetika vazirligi hamda hokimliklarga uch tomonlama shartnoma asosida ularni gaz va ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash topshirig‘ini berdi. Ayrim issiqxonalarga imtiyozli kredit va subsidiyalar ham ajratiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting