Italiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Pergabriyele Papadia de Bottini vazifasini bajarishga kirishdi. U 4-dekabr kuni TIVda vazir Baxtiyor Saidov tomonidan qabul qilindi.
Italiyada minglab ishchilar hukumatning 2025-yilgi budjet rejalaridan norozi bo‘lib, shuningdek, ish haqi va xizmatlar sifatini oshirishni talab qilib, ish tashlashga chiqdi. Jarayon temiryo‘l transportidan tashqari iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrab oldi.
Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi Agostino Pinna mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda. U mazkur lavozimda 2020-yildan buyon ishlab kelayotgandi.
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrif bilan Xitoyda bo‘ldi va qaytayotib, Toshkentga qisqa muddatga to‘xtab o‘tdi. U bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov uchrashdi.
Italiyada 16−17-aprel kunlari “O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” ko‘rgazma loyihasining ochilishi o‘tkaziladi. Ko‘rgazma ikki bo‘lim — Venetsiyada “Shakl va ramz” hamda Florensiyada “Nur va rang” nomi bilan bo‘lib o‘tadi. Ularda XX asr birinchi yarmiga oid 172 tadan ortiq rangtasvir asarlari taqdim qilinadi.
O‘zbekiston Italiya bilan ushlab berish, jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam va mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qildi.
O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlangan Abat Fayzullayev mamlakat prezidenti Serjo Mattarellaga ishonch yorliqlarini topshirdi.
O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasida Diplomatik pasport egalarini viza tartib-taomillaridan ozod etish, shuningdek, ta’lim, fan, texnologiya va innovatsiyalar, sport sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.
Toshkentda O‘zbekiston va Italiya prezidentlari muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Tomonlar savdoni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ikki mamlakat hududlari forumini tashkil etish va uning ilk yig‘ilishini kelasi yili Samarqandda o‘tkazish, shuningdek, qo‘shma ta’lim forumini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirdi.
O‘zbekistonning Italiyadigi elchisi Otabek Akbarov diplomatik missiyasini yakunladi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri uning besh yillik faoliyatini ijobiy baholab, ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishdagi harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.
“Roma” Eldor Shomurodovni A Seriyaning boshqa klubi — “Kalyari”ga keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berdi. Shomurodov klubdagi birinchi o‘zbek futbolchisi hisoblanadi. O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisining yangi jamoasi quyi ligada bir mavsum o‘tkazib, Italiyaning yuqori divizioniga qaytgandi.
Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni 86 yoshida Milandagi shifoxonada vafot etdi. Avvalroq siyosatchiga leykemiya tashxisi qo‘yilgandi.
Shavkat Mirziyoyev Milanda Lombardiya gubernatori bilan uchrashib, qo‘shma savdo va investitsiya loyihalarini kengaytirish, Samarqandda investitsion forum o‘tkazish va hamkorlik dasturini tez fursatda tayyorlash kabi masalalarni muhokama qildi.
Italiyaning SACE kredit agentligi O‘zbekiston energetika sohasi uchun 2,2 milliard yevro ajratadi. Mablag‘lar 4 ta yirik loyihani moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston prezidenti va Italiya Vazirlar Kengashi raisi Rimda Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida 11 ta hujjat imzolandi. Muzokaralarda iqtisodiyot, ta’lim, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish muhokama qilindi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya prezidenti Serjo Mattarella Rimdagi muzokaralarda iqtisodiy hamkorlik, gumanitar aloqalarni rivojlantirish, Afg‘onistondagi vaziyat va boshqa masalalarni muhokama qildilar.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rimga bordi. Uni Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Oltiariq tumanida Nexia-2 haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan Italiya fuqarosini urib yubordi. U olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etdi.
O‘zbekiston prezidenti 7−9-iyun kunlari Italiyada bo‘lib, u yerda mamlakat prezidenti va bosh vaziri bilan muzokaralar o‘tkazadi. Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazish ham rejadan joy olgan.
Umrini to‘lig‘icha ilmga bag‘ishlagan italiyalik olima Rita Levi-Montalchini odam bolasi yuzga kirsa ham fanga hissa qo‘sha olishini isbotlaganlardan. 104 yoshigacha tetik, aqlini yo‘qotmagan professor xonim nafaqat neyrobiologiyada, yana siyosatda ham o‘rnini topgan shaxs hamdir.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting