Piskentdagi dala-hovlilar mahallasida 12-noyabrda noma’lum shaxslar itlarni (xususan, egasi borlarini ham) o‘qotar quroldan otdi. Aholining aytishicha, otuv xonadonlarning birida itlar tomonidan yeyilgan ayol jasadi topilgach boshlangan. “Gazeta.uz” muxbiri Sabina Bakayeva vaziyatni o‘rganishga harakat qildi.
Turkiya parlamenti qarovsiz itlarni tutish va boshpanalarga joylashtirish haqidagi qonunni ma’qulladi. Mamlakat bo‘ylab hujjatga qarshi noroziliklar bo‘lib o‘tdi, faollar bu hayvonlar evtanaziyasining kuchayishiga olib keladi, deb hisoblamoqda. Muxolifat qonunga sud orqali e’tiroz bildirishga va’da berdi.
Hazorasp tumani obodonlashtirish bo‘limi xodimlari aholining egasiz itlar tufayli bolalari maktabga borolmayotgani bo‘yicha qilgan shikoyati sababli 13 ta egasiz va daydi itni zaharli xo‘rak yordamida o‘ldirdi.
Tarmoqlarda Yuqori Chirchiqdagi xonadonlarning birida itlar shafqatsizlarcha o‘ldirilayotgani xaqida xabar tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB holat Yassaviy kolxozidagi uyda sodir bo‘lgani va xonadon egasi 25 dona itni sanitariya qoidalariga zid ravishda saqlagani va ularni so‘yib kelganini ma’lum qildi.
Tanishing, bu — S. Vorro — yetti yoshli labrador va Toshkent xalqaro aeroporti kinologiya xizmati xodimi. U va yana o‘nlab ovcharka va spanellar aeroportning ikki oyoqli xodimlariga portlovchi moddalar, giyohvandlik vositalari hamda valyutalarni topishda yordam berishadi. Biz S.Vorrodan ishi, xo‘jayini, maoshi va pensiyaga chiqishi haqida so‘radik.
«Jizzaxliklar» Telegram-kanalida Jizzax shahridagi Olmazor mahallasida daydi itlar ko‘payib ketgani haqida murojaat e’lon qilingan. Shundan so‘ng, Obodonlashtirish boshqarmasi «it ovlov brigadasi» tomonidan 7 ta it otib o‘ldirilgani aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting