19-yanvar kuni Turkiston jadidlari rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludiga 150 yil to‘ldi. “Gazeta.uz” mustaqil jumhuriyat g‘oyasining bayroqdori, o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi, noshir, publitsist, pedagog, din va jamoat arbobi hisoblangan ushbu tarixiy shaxs haqida test tayyorladi.
Prezident 2025-yilda Turkiston jadidlik harakati asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Mutafakkir hayotiga oid ijodiy uchrashuv, ilmiy konferensiya va tanlovlar o‘tkazilib, Qarshidagi ko‘chaga uning nomi beriladi.
Poytaxtda “Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimedia ko‘rgazmasi ochiladi. Unda Turkistondan Germaniyaga o‘qishga yuborilgan talabalar va ularning mintaqa madaniy-ma’rifiy merosiga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qilinadi.
Tasviriy san’at galereyasida jadidchilik harakatiga bag‘ishlangan “Xotira yo‘lagi” ko‘rgazmasi ochilgan bo‘lib, u 18-fevralga qadar davom etadi. Unda 42 eksponat namoyishga qo‘yilgan. Eksponatlar orasida Fitrat va Behbudiy tomonidan yozilgan darsliklar, jurnallar va o‘quv qo‘llanmalari ham bor.
Prezident Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston mafkuraviy sohada raqobatga tayyormi, degan savolni berdi. Uning aytishicha, mamlakat madaniy diplomatiyani kuchaytiradi. Shuningdek, o‘zbek xalqi jadidlar ko‘rsatgan yo‘ldan og‘ishmay borishi kerakligi ta’kidlandi.
Jadidlar davrida eski o‘zbek alifbosida chop etilgan va bir asrdan beri tabdilini kutib yotgan sakkiz to‘plam 2023-yil oktabrida “Zabarjad media” nashriyoti tomonidan “Jadid kulliyoti” turkumida lotin yozuvida chop etildi. “Gazeta.uz” nashriyot ruxsati bilan kulliyotdan parchalar e’lon qiladi.
Jadidlar davrida eski o‘zbek alifbosida chop etilgan va bir asrdan beri tabdilini kutib yotgan sakkiz to‘plam 2023-yil oktabrida “Zabarjad media” nashriyoti tomonidan “Jadid kulliyoti” turkumida lotin yozuvida chop etildi. “Gazeta.uz” nashriyot ruxsati bilan hafta davomida kulliyotdan parchalar e’lon qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting