Samarqandda xotinini xiyonatda gumonsirab, uni va u bilan bo‘lgan erkakni savdo markazida pichoqlab o‘ldirgan fuqaroga 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Toshkent shahrida 3 nafar fuqaro tadbirkorni aldov yo‘li bilan uyiga olib kelib, do‘pposlab, ma’lum bir vaqt ushlab turishgan. Tadbirkorni qo‘yib yuborish uchun uning yaqinlaridan 29 ming dollar pul olishiga qaramay, yana pul talab kilingan. Rad javobini olgan jinoyatchi tadbirkorni o‘ldirib, murdasini bo‘laklab ko‘mgan. Tadbirkorning qotili 25 yilga, uning jinoiy sheriklari esa 15 va 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Zangiota tumanida mashina traktor parki rahbari fuqaroga fermer xo‘jaligiga qarashli 30 sotix yerni 27,7 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan. Oldindan 10 ming 300 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura departamenti Toshkent va Romitan tumanlarida tadbirkorlar 2,7 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlanganini aniqladi. Ular sarflagan miqdor qish mavsumida 200 tagacha xonadonni uzluksiz gaz bilan ta’minlashga yetishi ma’lum bo‘ldi. Ishbilarmonlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahrida 17 yoshli maktab o‘quvchisi oilaviy kelishmovchilik tufayli 48 yoshli otasini pichoqlab qo‘ydi. Tan jarohati oqibatida fuqaro vafot etgan.
Samarqand viloyatining Urgut tumanida hokimiyat xodimlari erkin iqtisodiy zonadan 1 gektar yerni fuqaroga berish evaziga 30 ming AQSH dollarini talab qilgani aniqlandi. Xodimlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Buxoro viloyatida shahar madaniyat bo‘limi sobiq rahbari bo‘limga tegishli 24 dona «LED» ekranlarini belgilangan talablarga zid ravishda hisobdan chiqarganliklari aniqlandi. Umumiy hisobda 263,5 mln so‘mlik davlat mulki talon-toroj qilinganligi ma’lum bo‘lgan.
Toshkent shahrida 31 yoshli ayol mast holida tanishiga “karate” uslublarini ko‘rsatgani uchun pichoqlandi. Fuqaro olgan tan jarohati oqibatida vafot etgan.
2019 yilning dekabr oyida Yunusobod metro liniyasi qurilishida tuproq o‘pirilishi natijasida 6 kishi halok bo‘lgan edi. Toshkent prokuraturasining «Gazeta.uz» so‘roviga javobida ilk bor favqulodda holat yuz berishida sababchi bo‘lgan to‘rt nafar mutaxassisning nomini ochiqladi. Idora nima sababdan ularga nisbatan ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmasdan jinoyat ishi tugatilganiga izoh berdi.
Namagandagi kafelardan birida 21 yoshli fuqaro atrofdagilarni tinchini buzib, o‘tkir kesuvchi jism bilan 24 yoshli fuqaroni og‘ir jarohatladi. Hozirda unga unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Guljahon Yo‘ldosheva sudda bergan ko‘rsatuvlari davomida dastlabki tergov organi tomonidan ayblov asossiz qo‘yilganini ta’kidladi. Qolaversa, Farrux Rustamovning o‘limiga aloqasi yo‘qligini, shifoxonadan olib ketilayotganida uyda, farzandi betobligi bois uning oldida bo‘lganini ma’lum qildi.
Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva va yana to‘rt nafar shaxsga oid jinoyat ishini sud boshlandi. Yo‘ldoshevaning advokati ehtiyot chorasini o‘zgartirishni so‘rab, himoyasi ostidagi shaxs ayblov hulosasi bilan tanish emasligini ma’lum qildi. Qolaversa, sud vaqtida uning hanuzgacha viloyat bosh infeksionisti ekani ta’kidlandi.
Qo‘qonda er-xotinni shafqatsizlarcha o‘ldirib, ularning boyligiga ega chiqishga uringan shaxslarga sud eng og‘ir jazoni tayinladi. Sudlanuvchi qarz sababli bu ishga qo‘l urgan va bunga qarindoshlarini ham jalb etgan.
«So‘x voqealari» bo‘yicha 22 nafar shaxsga nisbatan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Davlat ayblovchisi So‘x voqealarida bir qancha avtomashina va yashash xonadonlariga moddiy zarar yetganini aytdi. Ayblanuvchilarning bir qismi aybiga iqror bo‘lmagan, ayrimlari esa qisman iqrorligini ma’lum qilgan.
Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan tergov yakunlandi. Sud ishini Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi raisi ko‘rib chiqadi. Yo‘ldoshevaning advokati ayblovlar asossiz ekanini aytmoqda. «Hozir taqdim qilingan ayblov bo‘yicha 20 ta epizod taqdim qilingan», — dedi advokat. U, shuningdek, tarqatilayotgan xabarlar Yo‘ldoshevaning oilasiga ruhim bosim o‘tkazayotganini aytmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting