O‘zbekiston va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi o‘rtasida strategik memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, gaz ta’minoti va tashish, shuningdek, uglevodorodlarni geologiya-qidirish hamda qazib olish sohasida hamkorlikni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.
Jo‘rabek Mirzamahmudov ba’zi gaz quyish shoxobchalari uchun imtiyozli narxlar borligi haqidagi savolga javob berdi. Davlat yetkazib beruvchilari barcha “zapravka”larga gazni yagona narxda sotadi, dedi energetika vaziri.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida energoresurslar bilan uzluksiz ta’minlash uchun qanday ishlar amalga oshirilayotgani haqida gapirib berdi. Avvalroq u buni ta’minlamay turib, aholi uchun elektr va gaz tariflari oshirilmasligini aytgandi.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya qo‘shma gaz loyihasi doirasida “O‘ztransgaz”ning Koreya kompaniyalari oldidagi qarzini to‘lash bo‘yicha “murosa variantini” topdi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Unga ko‘ra, loyihada ishlab chiqariladigan xomashyo va tovar gaziga tariflarni o‘zgartirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Rossiya hukumati rahbari o‘rinbosari Aleksandr Novak O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytirish imkoniyatlari, shuningdek, “Rosatom”ning yangi atom energetikasi inshootlarini qurishda ishtiroki istiqbollarini muhokama qildi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston barcha gaz va neftga oid eksklyuziv huquqni Rossiyaga qarashli kompaniyaga 35 yilga bergani haqidagi ma’lumotni rad etdi. «Ekspluatatsiyada bo‘lgan konlarning asosiy qismi «O‘zbekneftgaz»ga tegishli», — dedi u.
Energetika vaziri O‘zbekistonda kelasi qishga tayyorgarlik rejasini ma’lum qildi. Bunda chekka hududlar to‘liq suyultirilgan gazga o‘tkaziladi va ko‘mir qozonlar quriladi, issiqxonalar hamda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar ko‘mirga o‘tkaziladi, quyosh elektr stansiyalari qurilishi jadallashtiriladi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov elektr iste’moli oshishi hisobiga mamlakatda yana takroran «blekaut» bo‘lish xavfi bor-yo‘qligi haqida gapirdi. Vazir bunday xavf doim mavjudligini ta’kidlab, «agar cheklovlar kiritilmasa, bu energiya tizimi izdan chiqishiga olib kelishi» mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonda energiya ta’minotidagi uzilishlarga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi ob-havo sharoitida rejali, tizimli cheklovlar kiritgan holda vaziyatdan chiqib ketilmasa, bundan-da jiddiyroq talofatlar ko‘rilishi mumkinligini ta’kidladi.
Prezident «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Jo‘rabek Mirzamahmudovni bosh vazir o‘rinbosari — energetika vaziri etib tayinladi.
Jo‘rabek Mirzamahmudov Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U «O‘zatom» agentligi va «O‘zkimyosanoat» kompaniyasidagi rahbarlik lavozimlarini saqlab qoldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting