Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 1 avgustdan boshlab to‘y va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda tashkil etishga ruxsat berildi.
O‘zbekistonda ommaviy tadbirlar, konsert, festival, teatr va kino dasturlari vaqtincha to‘xtatildi. Sport musobaqalari muxlislarsiz o‘tkazilishi mumkin.
Koronavirus tarqalishi sababli 28 iyundan karantin cheklovlari kuchaytirildi. Lekin ommaviy tadbirlarni ushbu cheklovlarga amal qilmagan holda tashkillashtirish davom etmoqda, jamoat transportida ularga rioya qilishning esa iloji yo‘q.
Qashqadaryo viloyatida 28 iyundan restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o‘yinlari markazlari hamda kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 8:00 dan 22:00 gacha ruxsat beriladi. Shuningdek, karantin bo‘yicha boshqa bir qator tartib va cheklovlarga qo‘shimchalar kiritildi.
“Toshshartransxizmat” Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradigan 24 ta avtobus o‘z ish tartibida davom ettirishini ma’lum qildi. YPX post maskanlari avtomobillar harakati uchun yopilgan hollarda, avtobuslar harakati ushbu post maskanlarigacha tashkil qilinadi.
28 iyundan 12 iyulga qadar Toshkentga qo‘shni viloyatlardan avtotrnasportda kirish bo‘ychia cheklovlar o‘rnatildi. Sog‘linq saqlash vazirligi ushbu cheklovlar qaysi holatda tatbiq etilmasligi haqida ma’lumot berdi.
28 iyundan 12 iyulga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatiladi. Ushbu sanadan boshlab barcha umumiy ovqatlanish obyektlari va ko‘ngilochar obyektlarning ish vaqti soat 8:00dan 20:00gacha qilib belgilanadi.
Respublika maxsus komissiyasi yo‘nalishli avtobus va metroga niqobsiz bo‘lgan shaxslarni transport vositalari saloniga chiqarmaslik bo‘yicha qarorni qabul qildi. Temir yo‘l vokzallari va aeroportlarda esa karantin choralariga rioya qilinishi qat’iy nazoratga olinadi.
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil o‘quv yili so‘nggiga qadar masofaviy tarzda davom ettiriladi. Avvalroq, universitet 27 apreldan 10 mayga qadar 14 kunga masofaviy ta’lim tizimiga o‘tgan edi.
Urgut tumanida bolalar ustiga pul sochgan fuqaro bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Unga nisbatan karantin qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
10 maydan boshlab O‘zbekistondan Turkiya va Hindistonga aviaqatnovlar uchun cheklovlar joriy etildi. Ushbu mamlakatlarga faqat ish, o‘qish yoki davolanish yuzasidan ketayotganlar, shuningdek diplomatlar va chet ellik mutaxassislar uchishlari mumkin. Aviachiptalar faqat maxsus komissiyaning ruxsati bilan yoki ketish uchun tasdiqlangan sabab bo‘lsa sotiladi.
Toshkent davlat yuridik universiteti 10 maydan boshlab 14 kunga masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkazildi.
Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, Moliya instituti 14 kunga, Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv yili oxirigacha masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.
2 may holatiga ko‘ra Toshkentda 35 ta OTM, 132 ta maktab va 22 ta bolalar bog‘chasi, shuningdek, bir qator ta’lim va tibbiyot muassasalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari ikki haftaga karantinga yopildi.
Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, Toshkent davlat texnika universiteti, Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.
Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va Jizzax davlat pedagogika instituti masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.
Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, Samarqanda bitta va Toshkentda uchta oliygohlar masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.
27 apreldan Samarqand shahridagi barcha bog‘chalar va maktablar 14 kunlik karantinga yopiladi, o‘quvchilarga ta’lim berish tizimi onlayn shaklga o‘tkaziladi.
Isroil hozirda COVID-19 bilan kasallanish holatlari bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlardan birini saqlab turibdi. Mamlakat aholisining kasallikka qarshi 50 foizdan ortig‘i emlandi. Ko‘chada niqob taqish sharti bekor qilindi. Karantin cheklovlari yumshatildi. Isroil aholisi ushbu kasallikni qanday yengmoqda?
Buxoro viloyatidagi 11 ta umumta’lim maktabi masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Viloyat xalq ta’limi tizimi xodimlarining 6 nafarida, maktab o‘quvchilarining esa 26 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting