Ukraina 8 yanvardan 24 yanvargacha karantin e’lon qilinib, unga ko‘ra ushbu muddat davomida mamlakatda barcha kinoteatrlar, sportzallar, savdo markazlari, kafe va restoranlar faoliyati cheklab qo‘yiladi. O‘quv muassasalari ta’tilda bo‘lib, Ukrainada barcha ko‘ngilochar, ommaviy-ma’daniy tadbirlar taqiqlab qo‘yiladi.
Rossiyaning veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati quritilgan o‘rik partiyasida kapr qo‘ng‘izi topilgani sababli Farg‘ona viloyatidan barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi. Avvalroq «O‘zdavkarantin» tomonlar cheklovlar qo‘ymaslik to‘g‘risida kelishib olganini ma’lum qilgan edi.
Natasha va Lyuda — Smolensk viloyatidan bo‘lgan opa-singillar. 2019 yilda ular ishdan bo‘shash uchun ariza yozib, iti Yuni o‘zlari bilan olib, Markaziy Osiyo bo‘ylab ko‘p oylik velosayohatiga chiqdilar. Ularni barqaror ish joyini velosiped egariga, issiq orom ko‘rpalarni sayyohlik chodiriga almashtirishga nima majbur qildi va uyni yo‘lda his qilish nima ekanligi haqida — “Gazeta.uz” materialida.
Germaniyaning federal kansleri Angela Merkel 25 noyabr kuni Germaniyada koronavirus tufayli kiritilgan cheklovlar yanvargacha uzaytirilishini ma’lum qildi. Cheklovlar 20 dekabrga qadar amal qiladi.
Rojdestvo bayrami munosabati bilan Yevropada karantin cheklovlari yumshatilishi rejalashtirilmoqda. Fransiyada 28 noyabrdan savdo majmualari ochiladi. Noyabr oyi boshida kuchga kirgan Angliyadagi karantin 2 dekabrda yakuniga yetadi. Shvetsiyada esa karantin cheklovlari kuchaymoqda.
Turkiyada karantin choralari kuchaytirilmoqda. Savdo markazlari, bozorlar va sartaroshxonalar ish vaqtiga cheklovlar qo‘yildi. Bar va restoranlar faqat olib ketish xizmati orqali ishlaydi. Kinoteatrlar yil oxirigacha yopiladi, maktab o‘quvchilari masofaviy ta’limga o‘tadi. Dam olish kunlari ko‘chaga soat 20:00 dan 10:00 gacha chiqish taqiqlanadi.
Moskvada koronavirus holatlari ko‘paygani sababli yangi cheklovlar joriy etildi. Universitetlar va kollej talabalari masofaviy ta’limga o‘tkaziladi. Kafe, restoran va tungi klublarning ishlash vaqti chegaralanadi.
O‘g‘lining to‘yida 53 kishi qatnashgan Buxoro viloyat Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari 4,4 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Yevropaning bir qator mamlakatlarida COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat keskin tus olmoqda. Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya hukumatlari karantin choralarini kuchaytirishga qaror qildi. Ispaniyada va Germaniyada ushbu choralarga qarshi bir qator namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
Fransiya va Germaniya COVID-19 ga chalingan bemorlar soni ortgani sababli shu oyning o‘zida yana takroran karantin e’lon qildi. Bolalar bog‘chalari va maktablardan tashqari, barcha restoran, bar, kinoteatr va fitness-markazlari yopiladi.
Rossiyada aholiga jamoat transportida, odamlar ko‘p bo‘lgan joylarda, liftlarda niqob taqish tavsiya etildi. Ko‘ngilochar maskanlarning faoliyati to‘xtatilishi kerakligi xaqida aytilgan bo‘lsa ham, Moskva meriyasi tungi klublar va barlar yopilmasligini ta’kidladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksdagi yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, karantin talablari buzilganda avtomobil jarima maydonchasiga majburiy joylashtirilishi mumkin. Bundan tashqari, epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy ishlar ichki ishlar organlari tomonidan ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Bugungi og‘ir sharoitda yuzaga kelayotgan murakkab vaziyatni O‘zbekiston qanday yengayotgani, infeksiya tarqalishining oldini olishda ishonchli statistika, sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘inining tezkorligi va fuqarolar mas’ulligining ahamiyati haqida cyenator, tibbiyot fanlari nomzodi Dilorom Toshmuhamedovaning maqolasida.
Farg‘ona viloyatida kuzatuv kameralari orqali bir kecha-kunduzda 156 nafar niqob rejimini buzgan shaxs aniqlandi. Mazkur holatlar bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, fuqarolarning yashash manziliga pochta orqali yuboriladi.
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan PZR test tekshiruvi natijasi manfiy bo‘lgan turistlar 14 kunlik karantinga olinmaydigan bo‘ldi.
Senator Baxtiyor Sayfullayev to‘y o‘tkazishda karantin qoidalarini buzgan artistlar faqatgina jarima bilan qutulib ketmasliklari kerak, deb hisoblaydi. Madaniyat vazirligiga senator so‘rovi yuborildi.
Tashkent City`da to‘y qilgan estrada xonandasi Voxidjon Isoqov MJTKning 54-moddasiga binoan BHMning 5 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Ushbu miqdor moddaning 1-qismi bo‘yicha, ya’ni jamoat joylarida niqobsiz bo‘lgani uchun tayinlanadi. Pandemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzgani uchun 619 mingdan ortiq fuqaro javobgarlikka tortildi.
Bolalar ta’lim tashkilotlarini ochish jarayoni 14 sentyabrdan boshlanadi. Birinchi navbatda katta va tayyorlov guruhlari, oktyabrda — o‘rta, noyabrda — kichik guruhlar ochiladi.
Buyuk Britaniya hukumati koronavirus holatlari soni ko‘paygani sababli olti kishidan ortiq holda guruh bo‘lib to‘planishni taqiqladi. Taqiqni buzganlar 100 funtdan 3200 funtgacha jarimaga tortiladi.
O‘qituvchilar maktablar uchun dezinfeksiya vositalarini sotib olmasliklari kerak, ular mahalliy hokimliklar tomonidan yetkazib beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting