3−4-avgust kunlari Tokioda karate bo‘yicha uchinchi ochiq jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi 30 ta medal jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Qozog‘istonda o‘tgan karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik yoshlar 15 medal: 3 oltin, 2 kumush va 10 ta bronzani qo‘lga kiritdi. Bu jamoa uchun medallar jamg‘arish bo‘yicha eng yaxshi natija bo‘ldi.
Prezident qarori bilan O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi O‘zbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi etib qayta tashkil qilinadi. Shuningdek, hududlarda “Karate hamma uchun” dasturi amalga oshiriladi, bog‘chalarda Kids karate loyihasi ishga tushiriladi.
Doston Otabolayev karate WKF bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi. U Dubaydagi jahon chempionati finalida misrlik Abdulla Abdulazizni mag‘lub etdi (video).
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting