2025-yilda “Afrosiyob” tezyurar poyezdi Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida to‘xtab o‘tishni boshlaydi. Shuningdek, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on o‘rtasida elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Samarqand hokimligi prezident qaroriga (jamoatchilik uchun ochiq emas) tayanib ma’lum qildi.
Samarqand viloyatida elektr ta’minoti korxonasi rahbari elektrdan 57 mln so‘m qarzi bor MCHJ egasi tomonidan pichoqlandi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, ahvoli qoniqarli, gumondor esa qamoqqa olingan.
Kattaqo‘rg‘on shahrida kuzatilgan kuchli shamol tufayli Madaniyat va istirohat bog‘idagi «Madaniyat markazi» hamda «Go‘zalkent» mahallasidagi turar-joy binolarining tomi qulab tushdi. Buning oqibatida avtomobillarga ham zarar yetgan.
Kattaqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi maktabdagi ta’mirlash ishlarini bajarilgani haqidagi dalolatnomani tasdiqlatib berish evaziga tadbirkordan 2000 dollar olganida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi uylarning birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir kishi jarohat olib, shifoxonaga yuborildi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Kattaqo‘rg‘on tumanida «ketma-ket qiz farzandlar ko‘rgani» uchun eri va qaynonasining tazyig‘iga uchrab kelgan ayol va uning katta qizi o‘z joniga qasd qildi. Ular o‘limida aybli deb topilgan er 7 yilga qamaldi, qaynonaga 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Ayolga himoya orderi berilgan bo‘lgan.
Samarqand viloyatida 10 yanvar kuni uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan voyaga yetmagan qiz Navoiy viloyatidan topildi. U bundan avval 2 nafar fuqarolar tomonidan zo‘rlangani haqida murojaat qilgan.
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori Oybek Xodjayev 44 yoshida koronavirusdan vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting