O‘zbekistondagi ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilar o‘rtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak o‘yinlari bo‘yicha alohida tanlovlar hamda harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi. Har bir tuman (shahar)da bitta umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrida qurilgan Kibersport arenasi bilan tanishdi. Prezident u yerda kibersport, shaxmat, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, basketbol musobaqalarini kuzatib, yoshlar bilan suhbatlashdi. “Biz belgilab olgan strategiyani, katta marralarni shunday yoshlar bilan amalga oshiramiz”, — dedi u.
O‘zbekistonlik kibersportchilar CS:GO bo‘yicha jahon chempionati (IESF World Esports Championship 2023) yarimfinaliga chiqdi. Jamoa guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunladi, chorak finalda esa Vengriyani mag‘lub etdi.
Prezident O‘zbekistonda kibersport turlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, infratuzilmani rivojlantirish, sportchi va murabbiylarni tayyorlash, turnirlar o‘tkazish, shuningdek, kibersport haqida jamoatchilikda ijobiy fikrni shakllantirish rejalashtirilgan.
2007 yilda o‘zbekistonlik Doniyor Shamuzafarov milliy kibersport tarixidagi birinchi medalni qo‘lga kiritdi va doping testidan o‘tdi. Bugun u Toshkentda kichik pitseriyaga egalik qiladi, deyarli kompyuter o‘yinlarini o‘ynamaydi. Doniyor Shamuzafarovning hikoyasi — beparvo yoshlik go‘zalligi va ulg‘ayish jasorati haqida. Kibersport nimani o‘rgatadi, yaqin-qadrdonlar qo‘llab-quvvatlashining ahamiyati va g‘alaba shukuhi — Sabina Bakayeva reportajida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting