Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi uyda 18−25 yosh oralig‘idagi 7 nafar yigit Telegram messenjerida milliarder Alisher Usmonov nomidan soxta “aksiya” tashkillashtirib, fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirib kelgani aniqlandi.
Senatorlar bank sohasidagi bir qator qonunlarga kiberxavfsizlikni kuchaytirishga doir tuzatishlarni ma’qulladi. Ushbu tuzatishlar, xususan, Markaziy bankka kredit va to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari va valyuta birjalari tomonidan kiberxavfsizlik tahdidlarini aniqlash vakolatini beradi.
O‘zbekistonda 2023-yilning 11 oyida 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etildi, shundan 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlaridir. Prezident barcha elektron to‘lov tizimlari uchun yagona kiberxavfsizlik talablarini ishlab chiqish topshirig‘ini berdi.
Senat qo‘mitasida kiberjinoyatlar, xususan, dipfeykka qarshi javobgarlikni kuchaytirish maqsadida Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilishi muhokama qilindi. Noqonuniy mayning faoliyati uchun ham jazo kuchaytiriladi.
O‘zbekistonda qator saytlardan foydalanuvchi ma’lumotlari sizib chiqqani ma’lum bo‘ldi. ONESEC direktori Dmitriy Paleyevning “Gazeta.uz”ga aytishicha, gap buzib kirish haqida emas, balki stilerlar — brauzerlardan autentifikatsiya ma’lumotlarini o‘g‘irlaydigan viruslarning eski bazasi haqida bormoqda.
DXXga muhim axborot infratuzilmasi (MAI) obyektlarida kiberxavfsizlikni ta’minlashda vakolatli organ sifatida monitoring olib borish, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, xorijiy davlatlar tajribasi asosida MAI obyektlarining yagona davlat reyestrini shakllantirish kabi vazifalar yuklatildi.
O‘zbekiston Markaziy banki bank sektoridagi kibertahdidlar haqida ogohlantirish va ularning oldini olish bilan shug‘ullanuvchi Kiberxavfsizlik markazi (CERT-CBU) saytini ishga tushirdi. Saytda soxta (feyk) havolalarni ham tekshirish mumkin.
Tarmoqlarda 2 noyabr kuni hakerlar hujumiga uchragan Senat.uz saytini 14 yoshli o‘smirlar buzib kirgani haqida xabar tarqaldi. Kiberxavfsizlik markazi esa buni inkor etib, hujumni namanganlik fuqaro bajargani va MarshGolden`ni ham u yaratganini ma’lum qildi. Hozirda holat bo‘yicha IIO ish olib bormoqda.
Kiberxavfsizlik ta’minlangan vazirlik va idoralarning Top-10 taligi e’lon qilindi. Reytingda Adliya vazirligi (97.3 ball), Markaziy bank (97 ball), Statistika qo‘mitasi (95.2 ball) va Bojxona qo‘mitasi (95.1 ball) yuqori o‘rinlarni egalladi.
Prezident «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, davlat organlarining axborot resurslari va tizimlari majburiy tartibda kiberxavfsizlik ekspertizasidan o‘tkaziladi. DXX kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli organ etib belgilandi.
UNICEF va Kiberxavfsizlik markazi Xavfsiz internet milliy markazini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Ushbu onlayn-platformada internetdagi zo‘ravonlikdan himoyalanish haqida ma’lumotlar e’lon qilinadi, bolalar va ota-onalarga maslahat yoki ko‘mak bera oladigan operator faoliyat yuritadi.
O‘zbekistonga kirishda topshirilayotgan ekspress test bekor qilinishi, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygani tasdiqlangan Kinematografiya agentligi va Sevimli TV rahbarlari, hududida 40 ga yaqin daraxt kesib tashlangan Qarshi davlat universiteti, yangi tayinlangan hokimlar, transafg‘on temir yo‘lini tasdiqlagan «Tolibon» va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 24 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qonunchilik palatasida deputatlar «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qilmoqda. Hujjatda kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi etib Davlat xavfsizlik xizmatini belgilash ko‘zda tutilgan.
Kiber tahdidlarning transchegaraviy xususiyati mintaqaviy va xalqaro darajada hamkorlik qilishni talab etadi, deya ta’kidladi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti rahbari Eldor Aripov MDH davlatlarining axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha forumida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting