QXV fermer va klasterlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, paxta yetkazib berish shartnomalarini bekor qilish bo‘yicha hududiy boshqarmalar va ularning rahbarlariga hech qanday ko‘rsatma bermaganini ma’lum qildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, fermerlarning 90 foizi allaqachon shartnomalarini yangilagan.
Kun.uz Surxondaryo qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining tuman hokimi bilan suhbatda barcha fermerlarni yig‘ib, paxta narxini 6800 so‘mgacha pasaytirish bo‘yicha qo‘shimcha shartnomalar imzolash zarurligini bildirgan audioyozuvini e’lon qildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hokimlik holatga izoh berdi.
Hukumat fermerlar va klasterlar tomonidan paxta sotish bo‘yicha shartnomalar tuzadigan paxta xomashyosining boshlang‘ich narxlariga oid qarorni imzoladi. Hujjat paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilari orasida savollar tug‘dirdi. Iqtisodchi va blogerlar yangi qoidalar fermerlar zarariga qabul qilinganini aytmoqda.
2022-yilda paxta xomashyosining ichki va jahon narxlari o‘rtasidagi katta farq tufayli O‘zbekiston klasterlariga 6 trln so‘m zarar yetgan. O‘tgan avgustda ularning qarzlarini to‘lash muddati bir yilga uzaytirilgandi. Prezident kredit to‘lash muddatini 2025-yil 1-aprelgacha uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali to‘liq to‘lanmaganini ma’lum qildi. Shuningdek, 2024-yil paxtasini sotish bo‘yicha fyuchers shartnomasi tuzgan fermerlarning ma’lum qismi kreditlarni haligacha olmagani ta’kidlandi.
2024-yilgi hosil mavsumidan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tovar-xomashyo birjasi orqali tuziladi. Fermerlar ortiqcha xomashyoni, shuningdek, o‘z mablag‘i hisobidan yetishtirilgan paxtani erkin sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Fermer va klasterlarni kreditlashning yangi tizimi joriy etiladi.
Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yig‘ilishda 2024-yil hosilidan boshlab fermerlar va klasterlar o‘rtasidagi shartnomalar chigit ekishdan avval birjada savdo o‘tkazish orqali tuzilishi ma’lum qilindi. Fermerlar va klasterlarga paxta xomashyosini yetishtirish uchun kreditlar ajratishning yangi tizimi joriy etiladi.
Ball boniteti past, suv og‘ir bo‘lgan va hosildorligi 30 sentnerdan oshmaydigan har bir viloyatdagi 1 tadan tumanda 70−80 sentnerdan yuqori hosil beradigan paxta urug‘ini chetdan olib kelishga ruxsat etiladi, dedi prezident. Ayrim to‘qimachilik korxonalariga imtiyozlar beriladi.
O‘zbekistonda fermerlarga o‘z faoliyatida qisman erkinlik berilishi mumkin. Prezident fermerlarga klasterlarni ixtiyoriy tanlash va ortiqcha hosilni sotish huquqini berish masalasi muhokama qilinayotganini bildirdi. Shuningdek, u yaylovlar degradatsiyasi muammosiga to‘xtalib, uni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatdi.
Faollar fermerlar va klasterlar o‘zaro teng munosabatga kirisholmasligi, fermerlarda narx bo‘yicha tortishish imkoni yo‘qligini ta’kidlashgandi. Bunga javoban, qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov paxta narxini bozor iqtisodiyoti qonunlari bo‘yicha xaridorlar va sotuvchilar belgilashini ma’lum qildi.
2022-yilda paxta xomashyosining ichki va jahon narxlari o‘rtasidagi katta farq tufayli O‘zbekiston klasterlari 6 trln so‘m zarar ko‘rdi, dedi prezident. Davlat rahbari qo‘llab-quvvatlash choralarini ma’lum qildi.
Namangan viloyatining Norin tumanida mahalliy hokimiyat Iftihor Kiyim Sanoat klasterini boshqa bir klaster — Uztex Uchkurgan bilan uch yildan buyon ishlab kelayotgan fermer xo‘jaliklariga biriktirmoqchi bo‘lmoqda. Klasterlarni o‘zgartirish bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev tomonidan imzolangan yig‘ilish yopiq bayonnomasida ko‘zda tutilgan. Uztex 2022 yil uchun fermerlar bilan tuzilgan shartnomalarning bir qismini moliyalashtirgani, biroq viloyat hokimi yon berishni istamaganini ma’lum qildi. Fermerlarning aytishicha, ular joriy klasterdan mamnun. Iftihor Kiyim Sanoat esa «bu yerlarni so‘ramaganliklarini» bildirdi.
Prezident farmoni bilan paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati tartibga solinmoqda. Endilikda klasterlar maxsus komissiya xulosasi asosida Hukumat qarori bilan tashkil qilinadi va 30 yilga bitim tuziladi. Tomonlardan biri qarshi bo‘lsa, majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmasa yoki klasterga a’zo fermerlarning 66 foizi murojaat qilsagina bitim bekor qilinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting