Toshkent shahrida davlat ehtiyoji uchun 13 yil oldin buzilgan uylar o‘rniga uy-joy yoki kompensatsiya pullari bugungi kunga qadar to‘lab berilmagan. Deputat Rasul Kusherbayevning ta’kidlashicha, «bu harakat davlatning o‘z fuqarosi oldida xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash majburiyatini bajarmayotganini ko‘rsatmoqda».
Hukumat qarori bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga haydovchilikka tayyorlash kurslarining xarajatlari kompensatsiya qilinadi. Bunda kompensatsiya miqdori BHMning 4 baravarigacha bo‘lishi mumkin. Shuningdek, safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmatni o‘tash badali ham qoplab beriladi.
Toshkent byudjetidan davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizliklari) natijasida fuqarolar yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash xarajatlari uchun 5,72 mlrd so‘m ajratiladi. Hokimning qaroriga binoan yetkazilgan zarar sud qarorlari asosida qoplanadi.
Ko‘chaboshi va uyboshilarga kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha har oyda kompensatsiya to‘lanadi. Bunda ularga biriktirilgan ko‘cha yoki uyda kamida 3 oy davomida faoliyat ko‘rsatgani inobatga olinadi va 70 balldan yuqori ball to‘plagan taqdirda kompensatsiya puli beriladi.
Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, 1 maydan boshlab IELTS, TOEFL, GMAT, GRE va SAT imtihonlaridan yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berilishi kutilmoqda. 2022 yildan boshlab yana 12 ta xalqaro imtihon bo‘yicha ham ushbu tartib joriy etiladi. Kompensatsiya olish tartibi va har bir imtihon uchun minimal ko‘rsatkich haqida.
2020 yilda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzilgan mulklar bo‘yicha yetkazilgan zararlarning 202 mlrd so‘mi yoki 45 foizi mulk egalariga qoplab berilgan.
“O‘zbekiston tarixida bir yilda buncha kompensatsiya to‘lab berilmagan”. Bu yili “snos"lar bo‘yicha yer yoki pul ko‘rinishiga to‘lovlar 700−800 mlrd so‘mni tashkil etdi, deya ma’lum qildi Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev. U 2021 yil so‘nggiga qadar barcha buzilishlar bo‘yicha qarzlarni to‘lashga va’da berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting