Toshkent shahar va Farg‘onadagi chiqindilarni yig‘ish punktlarida ishlatilgan batareykalarni yig‘ish uchun konteynerlar o‘rnatildi. Hozirda ular 171 ta tashkil etmoqda va keyinchalik respublikaning barcha chiqindi yig‘ish joylari qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.
Buxoroda yordamga muhtoj oilalar uchun 1000 ta konteyner ajratiladi, ularni biznes ob’ekti sifatida ishlatish va aholiga xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Modulli bloklar 24 mln so‘mga baholanmoqda, ularni imtiyozli kredit asosida sotib olish mumkin. Bundan avval, prezidentga bunday konteynerlardan qanday foydalanilayotganining namunalari ko‘rsatilgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting