Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunida Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston prezidenti o‘z rafiqasi bilan Koreya yetakchisi va uning rafiqasini kuzatib qo‘ydi.
O‘zbekiston prezidenti 2025-yil Seulda “Markaziy Osiyo — Koreya” formatidagi birinchi sammitni o‘tkazish taklifini ma’qulladi. Shuningdek, davlat rahbarlari ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya kelgusi 3 yilda o‘ta muhim minerallar, yarimo‘tkazgichlar, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, shaharsozlik, xavfsiz energetika — jami 7 ta yo‘nalishda hamkorlik qilmoqchi. 2025-yilni “O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili” deb nomlash ham taklif etildi.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish, yirik yuqori texnologik loyihalarni aniqlash va yangi sheriklik modelini shakllantirish yuzasidan kelishuvga erishdi.
Koreyaning Hanshin universiteti til kursida o‘qiyotgan 22 nafar o‘zbekistonlik talaba mamlakatdan aldov yo‘li bilan chiqarib yuborilgani haqida xabar tarqaldi. O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasiga ko‘ra, ular oliygoh talablariga bo‘ysunmagan, shuningdek, noqonuniy mehnat bilan shug‘ullangan. Holat o‘rganilmoqda.
Janubiy Koreyaning Yangsan shahrida 40 yoshli o‘zbekistonlik erkak kuchli yong‘in ichida qolgan koreyalik ayolni qutqarib qoldi. Ayol 2-darajali kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan, erkakka voqea joyida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Jizzax viloyatida fuqaroni Turkiya, Italiya yoki Meksika orqali AQShga olib o‘tish va ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxs 20 ming dollar olganida ushlangani aytilmoqda. Farg‘ona viloyatida esa fuqaroni Koreyaga ishga jo‘natishga va’da qilganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olingan.
Isroilda niqob taqish rejimining bekor qilingani, Janubiy Koreya va KXDR o‘rtasidagi chegarani robotlar qo‘riqlashi, Yaponiyadagi muxolifatning hukumatga ishonchsizlik votumini bildirgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qirg‘izistonda Mudofaa vazirligining qayta tuzilayotgani, Italiyada koronavirusga qarshi vaksinatsiyaning tahdid ostida qolgani, Janubiy Koreyada karantin cheklovlarining 14 fevralga qadar uzaytirilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Donald Trampning qizi Ivankaga nisbatan tergov ishlari, Armaniston poytaxtida bosh vazirga qarshi namoyishlar, Seulda koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shimoliy Koreya rahbarining xalqdan kechirim so‘ragani, Ukraina prezidenti urushni tugata olmasa, o‘z lavozimini tark etishga tayyorligi, Xitoyda butun shahar aholisi COVID-19 ga tekshirilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.
Seulning bedarak yo‘qolgan meri Pak Von Sun o‘lik holda topildi. O‘limning dastlabki sababi sifatida o‘z joniga qasd qilish aytilmoqda. Uning ish stolida xayrlashuv maktubi topilgan. Avvalroq, Seul meriga qarshi jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ayblovlar ko‘yilgandi.
2019 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi savdo aylanmasi o‘tgan 5 yil davomida eng yuqori natija — 2,7 mlrd dollarni tashkil etdi. 6−7 iyul kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining Seulga amaliy tashrifi davomida yangi kelishuvlarga erishildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting