Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilov bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida o‘tgan Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida niqob taqmaganlar jarimaga tortilmasligi, aksincha ogohlantirilishi ta’kidlanganini ma’lum qildi. «Yo‘lda to‘xtatgan militsiya, Milliy gvardiya xodimi o‘zi niqobni „iltimos shuni taqib oling“ deb beradi. Hech qanday jarima to‘g‘risida gap yo‘q», — dedi u.
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlari rejadagidan uzoqroq muddat davom etayotganligi sababli qo‘shimcha xarajatlar uchun talab etiladigan mablag‘ 13,4 trln so‘mgacha oshirildi. Jamg‘armaning oshirilgan 3,4 trln so‘mlik xarajatlarining 1,7 trln so‘mi Davlat byudjeti xarajatlarining maqbullashtirilgan mablag‘lari hisobidan, qolgan 1,7 trln so‘mi Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari hisobidan qoplanadi.
Sharqshunos olim Andrey Kubatin koronavirus asoratlaridan vafot etdi. 2017 yilda u davlatga xiyonat qilishda ayblanib sudlangan va 2019 yilda reabilitatsiya qilingan edi.
Innovatsiyalar vazirligi rahbari Ibroxim Abdurahmonov Xitoy vaksinasi haqida gapirar ekan, hech kim O‘zbekiston aholisidan «tajriba quyonchalari» yasamoqchi emasligini aytdi. Unga ko‘ra, preparatni qo‘llashdan oldin hamma narsani tekshirish kerak, va ko‘ngillilar kecha-kunduz shifokorlar nazorati ostida bo‘lishadi.
O‘zbekistonda 92 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar 7320 taga yetdi. Yangi kasallanish holatlarining 70 tasi karantin markazlari, 20 tasi Toshkentda va 2 tasi Buxoro viloyatida qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting