YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi sobiq rahbari Munir Mamedzade “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida ijtimoiy sektor ehtimoliy favqulodda chaqiriqlarga hozircha tayyor emasligi va nima uchun mamlakatga sog‘liqni saqlashning barcha masalalarini qamrab oluvchi yagona axborot tizimi kerakligini tushuntirdi.
Anomal sovuq kunlarda o‘tkir respirator kasalliklar ko‘payishi mumkin. Koronavirus yengil va simptomlarsiz kechayotganini hisobga olib, SES fuqarolarni shamollash belgilari kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish, o‘zboshimchalik bilan dori ichmaslik, gumon bo‘lganda, koronavirusga test topshirishga chaqirdi.
O‘zbekiston va Xitoy kovidga qarshi Omicron-Delta oqsil vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Yangi vaksina koronavirusning delta va omikron mutatsiya shtammlari uchun mo‘ljallangan. Ikki mamlakat COVID-19`ga qarshi «samarali va uzoq muddatli himoya vaksinasini yaratishga umid qilmoqda».
Yakshanba kuni yana 93 kishining koronavirusga topshirgan PZR-test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi. Shanba kuni esa 108 kishida virus aniqlangandi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, hozirda 2 mingdan ortiq bemor kovidga qarshi davolanmoqda.
Juma kuni O‘zbekistonda 90 kishining koronavirusga topshirgan PZR-test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi, shuning 74 tasi poytaxt hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Hafta boshidan beri kovidga chalinishlar soni kun sayin ortib bormoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting