Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori o‘rinbosari Hilola Alimova yil davomida markazda 422 nafar chaqaloq dunyoga kelganini ma’lum qildi. Hozirgi kunda yana 64 nafar homilador ayol davolanmoqda, ularning 3 nafari reanimatsiya bo‘limida. Qolaversa, shifoxonada 7 nafar chaqaloq va 18 yoshgacha bo‘lgan 97 nafar bola davo muolajalarini olmoqda.
Jahongir Ortiqxo‘jayev Chilonzordagi kovid-markazga borib, bemor va shifokorlar bilan suhbatlashdi. Markazda davolanayotganlarning 65 foizi ayollar ekani, qolaversa, bemorlar orasida vaksina olganlar ham borligi aytildi. Ta’kidlanishicha, vaksina olganlarda kasallik yengil o‘tmoqda, ular 3 kunda davolanib chiqayapti. «Tezda fuqarolarga vaksina qilish kerak. Bo‘lmasa ertaga odamlarni joylashtira olmaymiz», — deydi hokim.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting