Qozog‘iston O‘zbekistonga ko‘mir tashish tariflarini oshirishni rejalashtirmoqda, biroq ayni paytda O‘zbekistondan Afg‘onistonga un mahsulotlari tranziti uchun tariflarni kamaytirishni so‘ramoqda. Mamlakatlar bosh vazirlari o‘rinbosarlari Qarag‘andada maishiy texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni ham muhokama qildi.
O‘zbekistonda 5 oy davomida gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,8 foizga kamaydi. Ko‘rsatkich ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda — may oyida u 11,2 foizga kamaygandi. May oyidagi elektr energiyasi ishlab chiqarish rekord darajadagi o‘sishni qayd etdi.
Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,5 foizga, aprelda esa 8,1 foizga kamaydi. 4 oy davomida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 4 foizga, ko‘mir 7,4 foizga tushdi. Yil boshidan beri neft qazib olish 4,3 foizga o‘sdi, biroq aprelda pasayish kuzatildi.
Mart oyida O‘zbekiston 151,2 mln dollarlik gaz import qildi, bu 2022-yil davomida qilingan importning yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Mahalliy gaz ishlab chiqarishning qisqarishi fonida ko‘rsatkich keskin ko‘tarildi. Ko‘mir, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish ham oshdi.
Yilning birinchi choragida O‘zbekistonda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga, mart oyida esa 12,9 foizga qisqardi. Uch oy davomida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 5 foizga kamaydi. Ko‘mir qazib olish hajmi ham pasaydi.
O‘zbekistonda gazni tejash maqsadida issiqxonalar, sement va g‘isht zavodlari, bolalar bog‘chalari, maktab va shifoxonalarning bir qismi ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkaziladi. 2023 yilda 5407 ta ijtimoiy obyekt, 1147 ta issiqxona va 250 ta zavodning ko‘mirdan foydalanishga o‘tkazilishi kutilmoqda.
O‘zbekistonning 11 oylik tashqi savdo hisobotida noyabrda 173 mln dollarlik ko‘mir importi qayd etildi. Statqo‘m ko‘mir va gaz ko‘rsatkichlari almashib qolgani, shuning uchun bunday katta miqdorda ko‘mir olinganday ko‘ringanini ma’lum qildi. Qozog‘iston statistikasi bilan farq bo‘yicha ham tushuntirish berildi.
Besh kishi Toshkent viloyatida harakatlanib ketayotgan, ko‘mir ortilgan vagonlarni o‘marmoqchi bo‘lishdi. Ularni ushlashning imkoni bo‘lmadi, hozirda qidiruv ishlari olib borilmoqda.
So‘nggi paytlarda maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachilari sifatsiz ko‘mirdan qo‘lbola briket tayyorlayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Ushbu masalaga MTV matbuot anjumanida aniqlik kiritildi.
2020 yilda O‘zbekistonning byudjet tashkilotlariga 405,4 ming tonna yoki o‘tgan yilga nisbatan 18,3 foizga ko‘proq ko‘mir yetkazib berildi. Bu gaz qazib olish hajmining qariyb 20 foizga pasayishi sababli yuz bermoqda.
Bosh prokuratura tomonidan kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlari zaxirasini yaratish, ularni saqlash va aholiga yetkazish berish hamda moliyalashtirishda bir qator qonun buzilish holatlari aniqlandi. Jumladan, 5 ta jinoyat fosh etilib, 684 tonna ko‘mir mahsulotlari talon-toroj qilinishining oldi olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting