Chirchiq shahrida hujjatlari soxtalashtirilgan obyektni garovga qo‘yib, bankdan 4 mlrd so‘m kredit olgan tadbirkor aniqlandi. U barcha mablag‘larni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil yakunlari bo‘yicha inflyatsiya oraliq maqsadli ko‘rsatkich darajasida — 10% bo‘ldi. Biroq, 2022-yil yakuniga qadar iqtisodiyotda saqlanib qolayotgan “nisbatan qat’iy” pul-kredit siyosati inflyatsiyaning pasayishiga xizmat qiladi. Shuningdek, tijorat banklari tomonidan 2021-yilda iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar 2020-yilga nisbatan 31 foizga o‘sgani aytildi.
Xo‘jaobod tumanida kredit qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lamagan korxonaning garovga qo‘yilgan uchta ko‘chmas mulki va Hyundai porter avtotransport vositasi xatlanib, 10 foiz arzonlashtirilgan narxda bank balansiga o‘tkazildi.
Jahon bank O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishini tezlashtirish maqsadida 400 mln dollar kredit taqdim etadi. Bunda O‘zbekistonga 30 yildan ortiq muddatga past foizli 250 mln dollarlik imtiyozli kredit, shuningdek, qaytarish muddati 12 yildan ortiq bo‘lgan 150 mln dollar miqdoridagi kredit bozor foiz stavkasida taqdim etiladi.
Osiyo taraqqiyot banki ilk bor davlat kafolatisiz O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati korxonasi — Korzinka supermarketlar tarmog‘iga 12 mln dollar miqdorida kredit ajratdi.
«Temir daftar» va «Ayollar daftari» ga kirgan oilalar farzandlari hamda «Yoshlar daftari» dagi yoshlarga turmush qurayotganida o‘z xonadonidan qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz 30 mln so‘mgacha kreditlar beriladi. Hukumat qarori bilan kredit ajratishning tartibi belgilab berildi.
Yosh oilalarga ipoteka dasturi doirasida uy-joy sotib olish uchun 2 mingta kvota ajratilib, byudjetdan 60 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar forumida. Ularning ipoteka kreditini qaytarishga to‘lagan mablag‘lari daromad solig‘idan to‘liq ozod qilinadi. Shuningdek, «Daftarlar»ga kirgan oilalarning yangi turmush qurayotgan farzandlariga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy tiklashi uchun 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Yaponiya O‘zbekistonga elektr energiyasi sohasidagi siyosiy masalalarni hal qilish uchun 195 mln dollar miqdorida kredit ajratdi.
Koronavirusning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston Yaponiyadan 136,5 mln dollar miqdorida favqulodda kredit oldi.
Mingbuloq tumanida «G» MCHJ rahbari va boshqalar 1 mlrd so‘m imtiyozli kreditni talon-toroj qilgani aniqlangan. Ular soxta hujjatlarni tuzib, mablag‘larni naqdlashtirib olgani ma’lum bo‘lgan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining talon-toroj qilish va hujjatlarni qalbakilashtirishga oid moddalari bilan ish qo‘zg‘atildi.
Uzauto Motors Credit Suisse AG kompaniyasi bilan 150 mln yevrolik xalqaro sindikatlangan kredit to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Ushbu mablag‘lar General Motors yangi modellarini ishlab chiqarishga yo‘naltirilishi aytilmoqda.
Hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 3 yil ichida 100 mln AQSH dollariga teng kredit resurlari ajratildi. Ushbu mablag‘ evaziga 158 ming hunarmandlar ish bilan ta’minlandi va 28 mingta loyihalar amalga oshirildi. Bundan tashqari barcha xunarmandlarga QR kodli maxsus guvohnomalar berildi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistonga ajratayotgan 40 mln dollarlik kreditlari kichik va o‘rta biznesni, shuningdek, tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi ayollarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Namanganda «Xalq banki» xodimlari 11 kishini xabardor qilmasdan, ular nomiga 200 mln so‘m kredit ajratib, o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting