Ichki ishlar vazirligi buxorolik 17 yoshli yigit kriptovalyutada 2,64 mln dollar ishlab topgani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Vazirlik u birja operatsiyalarida noqonuniy vositachilik bilan shug‘ullangani va buning uchun haq olganini aytdi.
Buxoro viloyatida Kiberxavfsizlik xizmati xodimlari 17 yoshli o‘smirni 34 mlrd so‘mlik kriptoaktivlarning noqonuniy savdosida gumonlab qo‘lga oldi. Jinoyat kodeksiga ko‘ra, u 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi, biroq jinoyatni ochishga yordam bersa, javobgarlikka tortilmasligi ham mumkin.
Binance birjasida bitkoin kursi 100 ming dollardan ko‘tarildi. Ekspertlar kriptovalyutalarga himoya aktivi sifatida qiziqish ortganini qayd etdi. Bitkoin kursi Tramp g‘alabasidan beri sezilarli ko‘tarilib bormoqda.
Donald Trampning AQSh prezidentlik saylovidagi g‘alabasi fonida bitkoin kursi o‘sishda davom etmoqda. 11-noyabr kuni kriptovalyuta kursi 81 ming dollardan yuqoriga ko‘tarildi. Tramp o‘zining saylov kampaniyasi davomida AQShni “sayyoraning kripto poytaxtiga” aylantirishga va’da bergandi.
O‘zbekistonda 2024−2025-yillarda kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. OTM, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarning tajribali mutaxassislaridan iborat Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi.
Qozog‘istonda endi Toncoin kriptovalyutasi bilan tegishli litsenziyaga ega platformalarda erkin savdo qilish mumkin. Qaror Pavel Durovning mamlakatga tashrifi chog‘ida qabul qilindi.
“Gazeta.uz” iyun oyi boshida notkoinni 800 ming so‘mga sotgani uchun 10 sutkaga qamalgan talaba Ismoiljon Normamatov bilan suhbatlashdi. U mazkur holat, bu uning o‘qishi va hayotiga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi, shuningdek, bunday jazoning qanchalik asosliligi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
O‘zbekistonda bir oyda kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzgan kamida 12 nafar shaxs javobgarlikka tortildi. Ular, asosan, O‘zbekistonda litsenziyaga ega bo‘lmagan Binance onlayn birjasi orqali kriptovalyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazi Islomda kriptovalyuta savdosi shariat qonunlari bo‘yicha tovar va pul shartlariga to‘g‘ri kelmasligi sababli taqiqlanganini ma’lum qildi. Keyinroq markaz ushbu postni o‘chirib tashladi va muammo o‘rganish va izlanishni talab qilayotganini aytib, uzr so‘radi.
Kriptovalyutalar kurslari keskin pasaya boshlagach, “kriptovalyutalar davrining tugagani”, ularning qaytib tiklana olmasligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Ammo rostan ham shundaymi? “Gazeta.uz” ushbu maqolada kriptovalyutalar istiqbolini ko‘rib chiqadi.
Prezident farmoni bilan Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi etib qayta tashkil etildi. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish agentlikning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi.
DXX Boyovut tumanida xorijiy korxona va mahalliy MJCH birgalikda quyon yetishtirish niqobi ostida noqonuniy mayning ferma tashkil etganini aniqladi. Buning oqibatida fermada 2020 yilning avgustidan beri 7,7 mln dollarga teng kriptovalyuta ishlab chiqarilgani, qolaversa, katta hajmdagi elektr energiyasi uchun past narxda to‘lov qilish orqali davlat manfaatiga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgani aytilmoqda.
O‘zbekiston fuqarolariga kripto-birjalarda kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barcha turlarini milliy va chet el valyutasida amalga oshirishga ruxsat berilishi mumkin.
Bitkoinning narxi yana tarixiy maksimal darajani yangiladi va 50 ming dollarga yetdi. Ushbu kriptovalyutaning kursi so‘nggi bir yil ichida 400% foizga oshdi.
Bitkoinning narxi yana tarixiy maksimal darajani yangiladi. U 35 ming AQSH dollaridan oshib ketdi va ushbu kurs atrofida harakatlanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting