“Ishbilarmon kishilar”, “Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi”, “Gugurtga ketib” kabi filmlarning tarjimalari o‘zbek dublyaj san’atining eng yorqin namunalaridir. Bir rejissyor tomonidan suratga olingan bu filmlardagi ko‘p gaplar “qanotli ibora"ga aylanib ketgan. “Gazeta.uz” ular asosida test tayyorladi.
19-yanvar kuni Turkiston jadidlari rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludiga 150 yil to‘ldi. “Gazeta.uz” mustaqil jumhuriyat g‘oyasining bayroqdori, o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi, noshir, publitsist, pedagog, din va jamoat arbobi hisoblangan ushbu tarixiy shaxs haqida test tayyorladi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli kinorejissyor va ssenariynavis Zulfiqor Musoqov 19-yanvar kuni 67 yoshga to‘ladi. Shu munosabat bilan “Gazeta.uz” u suratga olgan filmlar asosida test tayyorladi. Uni ishlab ko‘ring — balki sizning ham ketmoningiz uchar?
Siyosatchilar tilidan har yili “qanotli jumla”ga aylanib, muallifidan-da mashhurroq va uzoqroq yashaydigan fikrlar yangraydi. 2024-yil ham bu borada istisno bo‘lmadi, “Gazeta.uz” esa shunday iqtiboslar asosida test tayyorladi. Arboblarimiz chiqishlarini qanchalik diqqat bilan kuzatganingizni bilib oling.
Yangi yil bayrami kunlari telekanallar ba’zi filmlarni qayta va qayta qo‘yadi. Ba’zida hatto bir necha telekanal bir filmni bir vaqtda ko‘rsatadi. Shuning uchun deyarli hamma bu kinolar haqida barchasini biladigandek. Aslida-chi? Testimizni yechib ko‘ring.
Toshkentni qanchalik yaxshi bilasiz? Masalan, Toshkentdagi har bir tuman hokimligini binosiga qarab ajrata olasizmi? “Gazeta.uz”ning navbatdagi testi — shu haqda.
“Ko‘p go‘sht yeyapmiz”, “kuniga 5600 so‘m topgan odam qashshoq emas”, “2,5 mln so‘m besh kishilik oilani boqishga bemalol yetadi” — bunday shedevrlar tarixda qoldi. Hozir amaldorlar o‘ta ehtiyotkor. Shunga qaramay, 2023-yil ham bir qator iqtiboslar bilan tarixda qoladi. “Gazeta.uz” ular asosida test tayyorladi.
“Shindler ro‘yxati”, “Ayg‘oqchilar ko‘prigi”, “Tutqich bermas firibgar”, “O‘zga sayyoralik” kabi shedevr filmlar muallifi Stiven Spilberg 18-dekabr kuni 77 yoshga to‘ldi. Sana munosabati bilan “Gazeta.uz” jahon kinematografiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan rejissyor ijodiga bag‘ishlangan test tayyorladi.
Bundan 31 yil muqaddam mustaqil O‘zbekiston o‘z Konstitutsiyasini qabul qilgan. O‘tgan yillar davomida Asosiy qonunga ko‘p o‘zgartishlar kiritilgandi, ammo 2023-yilda, aytish mumkinki, u tubdan yangilandi. “Gazeta.uz”ning navbatdagi testi Konstitutsiyaga bag‘ishlanadi.
Rekord darajada ko‘p — 26 ta “Oskar” haykalchasi egasiga aylangan Uolt Disney tavalludiga 5-dekabr kuni 122 yil to‘ldi. U asos solgan Disney studiyasi o‘z filmlari bilan nafaqat bolalar, balki kattalarga ham zavq ulashishda davom etmoqda. “Gazeta.uz” aynan shu studiya multfilmlari haqida test tayyorladi.
Bundan 106 yil muqaddam — 1917-yilning 27-noyabr oqshomida O‘rta Osiyo mintaqasidagi ilk demokratik, ham dunyoviy davlat — Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan edi. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan O‘zbekiston tarixining ushbu muhim bosqichi haqida test tayyorladi.
1991-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston ramzlaridan biri — Davlat bayrog‘i qabul qilingan edi. Ushbu tarixiy sana munosabati bilan “Gazeta.uz” bayroqlar haqida test tayyorladi.
30 yil muqaddam “so‘m"ni joriy etish yo‘lida ilk qadamlardan biri tashlangan — “so‘m-kupon” muomalaga chiqarilgandi. 7,5 oylik “o‘tish davri"dan so‘ng O‘zbekiston o‘z milliy valyutasiga ega bo‘lgan. O‘tgan davr davomida so‘m o‘zgarishlarga uchradi, “Gazeta.uz” esa aynan so‘nggi o‘zgarishlar asosida test tayyorladi.
Bundan 46 yil avval Toshkent metrosi 9 ta bekat bilan ishga tushgan edi. Hozir stansiyalar soni 48 ta. Ulardan 13 tasining nomi 1991−2018-yillar oralig‘ida o‘zgartirilgan. Ba’zi bekatlar bu jarayonni hatto bir necha bor boshdan o‘tkazgan. “Gazeta.uz” shu mavzuda test tayyorladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting