Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat o‘zini Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT)dan tashqarida deb hisoblashi va bu masalada ortga qaytmas nuqta bosib o‘tilganini ta’kidladi. Tog‘li Qorabog‘dagi mojarolar fonida Armaniston KXShTdagi ishtirokini muzlatgan va uni moliyalashtirishni to‘xtatgan.
Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi. TIV rahbari o‘rinbosari Ilxom Xaydarov Tojikistonning KXShTga a’zoligi O‘zbekistonning milliy manfaatlariga daxl qilmasligini aytdi.
Armaniston 2023-yil noyabrida qabul qilingan KXSHTning 2024-yil uchun budjeti haqidagi qarorga qo‘shilmaydi. Shunga qaramay, mamlakat tashkilotning a’zosi bo‘lib qoladi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi ishtiroki “muzlatib” qo‘yilganini ma’lum qildi. Pashinyan mamlakatga oid kelishuv shartlari bajarilmagani, Rossiyaning shaxsan unga qarshi propagandasi davom etayotganini ta’kidladi.
KXSHT qo‘shinlari Qozog‘iston misolida Tojikistonga Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatidagi vaziyatni yumshatish maqsadida kiritilishi mumkin. Qirg‘izistonlik ekspert Artur Medetbekovning fikricha, Tojikiston rahbari vaziyat tashqi terrorchilar tomonidan izdan chiqarilayotganini isbotlasa Emomali Rahmon rejimini saqlab qolish uchun KXSHT qo‘llanilishi mumkin.
KXSHT tinchlikparvar kontingentini Olmaotadan olib chiqish boshlandi. Qozog‘iston mudofaa vaziri nomidan harbiylarga minnatdorchilik bildirildi, ayrimlari «Xalqaro hamkorlikka qo‘shgan hissasi uchun» medallari bilan taqdirlandi.
KXSHTning Qozog‘istondagi asosiy missiyasi yakunlandi, kontingentni olib chiqish 2 kundan keyin boshlanadi va bu jarayon 10 kundan oshmaydi, dedi prezident Qasim-Jomart Tokayev. Uning ta’kidlashicha, ittifoqchilarga murojaat qilish vaqtida hukumat Olmaota, keyinchalik esa mamlakat ustidan nazoratni butunlay yo‘qotishi mumkin edi. Prezident Milliy xavfsizlik qo‘mitasi terrorchilik tahdidining oldini o‘z vaqtida bartaraf eta olmaganini ta’kidladi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko KXSHT sammitida so‘zlagan nutqida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealardan birinchi navbatda O‘zbekiston saboq olishi kerakligini, chunki tartibsizliklar tashkilotchilari unga ko‘z tikib turganini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Qozog‘istondagi vaziyat nafaqat tashqi, balki ichki omillarga ham bog‘liq ekanligini aytdi.
KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi Qozog‘iston prezidenti murojaatidan so‘ng, mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida «Kollektiv tinchlikparvar kuchlarni vaqtinchalik missiya bilan yuborishga» qaror qildi.
Qozog‘iston prezidenti mamlakatdagi tartibsizliklarni xalqaro terroristik agressiv harakat deb atadi va KXSHTga a’zo davlatlar rahbarlaridan yordam so‘radi. U aksilterror operatsiya boshlanganini ma’lum qildi va Olmaotada aeroport qo‘lga olinganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar yaqinida Mudofaa vazirligining havo-desant bo‘linmalari bilan jang ketmoqda.
O‘zbekiston hukumati hozircha KXSHTga qaytish zaruriyatini ko‘rmayapti, aniq tahdidlarni aks ettirish vazifasi bor, deya ma’lum qildi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov. «Biroq hodisalar, vaziyatning qanday rivojlanishini Xudo biladi. Hamkorlik shakllari ham o‘zgarishi mumkin», — deya qo‘shimcha qildi u.
Afg‘onistonda xorijiy vizalar «qora bozori» shakllanayotgani, Xitoyda 1 mlrddan ortiq aholining COVID-19'ga qarshi to‘liq emlangani, SpaceX birinchi tijorat ekipajini orbitaga olib chiqqani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
KXSHTning o‘z kuchlarini zamonaviy qurol va texnika bilan jihozlayotgani, KXDR tashkil etilganining 73 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
KXSHT Panjsher provinsiyasini o‘z qo‘lida tutib turgan kuchlarni «Tolibon»ga qarshilik qilishni to‘xtatishga chaqirdi. ««Tolibon» harakatiga qarshilik o‘choqlari uzoq muddatli fuqarolik urushini keltirib chiqarishi mumkin», — dedi tashkilot bosh kotibi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov KXSHT tomonidan O‘zbekiston hududiga harbiy bazani joylashtirish bo‘yicha taklif kelib tushmaganligini ma’lum qildi. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, AQSh tomonidan afg‘on hukumati askarlarini vaqtincha O‘zbekiston hududiga qabul qilish bo‘yicha taklif ham kelib tushmagan.
Tojikiston KXSHTga Afg‘oniston bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirishga yordam berish iltimosi bilan murojaat qildi. Avvalroq, KXSHT agar Tojikiston siyosiy, harbiy va harbiy-texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat qilsa qo‘llashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting