25−30-aprel kunlari Xiva shahrida ikkinchi marotaba “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tadi. Madaniyat vazirligiga ko‘ra, hozirgacha 18 ta davlatdan raqs guruhlari festivalda qatnashish istagini bildirgan. G‘oliblar diplom, statuetka va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Nemis xoreografi Raymondo Rebek O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi davlat Akademik katta teatrida «Lazgi — muhabbat va qalb raqsi» baletini namoyish etdi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu baletni jahon sahnalarida ham namoyish etish rejalashtirilmoqda. Lazgi baleti «Gazeta.uz» fotoreportajida.
2022 yildan boshlab Xivada har ikki yilda bir marta «Lazgi» xalqaro raqs festivali hamda uning doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting