London meri Sodiq Xon shaharning asosiy savdo ko‘chasi hisoblanadigan Oksford-stritni piyodalar hududiga aylantirish rejasini e’lon qildi. Shu yo‘l bilan rasmiylar aholi va sayyohlar uchun sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, iqtisodiy faollikni oshirishni istamoqda.
O‘zbekiston TIV Londondagi Ozarbayjon elchixonasiga uyushtirilgan hujumni qat’iy qoraladi. Hujumchilar Ozarbayjon bayrog‘ini yirtib tashlagan va binoga arabcha yozuvlar yozib qo‘ygan. Sakkiz kishi hibsga olingan.
«O‘zbekneftgaz» noyabr oyida London fond birjasiga 700 mln dollarlik qiymatdagi xalqaro obligatsiyalarni joylashtiradi. Undan tushgan mablag‘lar esa jamiyat ehtiyojlariga sarflanadi.
London shahrining amaldagi meri Sodiq Xon shahar rahbarligi uchun saylovlarda 55,2% ovoz yig‘ib, ikkinchi bor London meriga aylandi.
London, Esseks va Xartfordshirning ayrim qismlari koronavirusning «yangi varianti» aniqlanganligi sababli, 16 dekabrdan boshlab karantinning maksimal darajasiga (uchinchi darajali) o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, shaharda yopiq yig‘ilishlar ham taqiqlanadi.
Global Finance nashriga ko‘ra, yashash uchun qulay bo‘lgan dunyodagi eng yaxshi 10 ta shaharlar orasida Tokio birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarda London, Singapur, Nyu-York va Melburn kabi shaharlar turibdi. Nashr ushbu shaharlarni 2020 yil sharoitidagi sakkizta asosiy mezon bo‘yicha tanlagan.
Artur Konan Doyl asarining mashhur tergovchisi Sherlok Xolms yashagan uy hozirda Nursulton Nazarboyevning oilasiga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, Londonning Beyker ko‘chasidan 215−237 uylar ham sobiq prezident oilasiga qarashli.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting