Savdo-sanoat palatasi “Oziqovqatsanoat” uyushmasini tiklash taklifi bilan chiqdi. Bu tashkilot olti yil avval prezident tomonidan tugatilgan edi. Moliyachining ogohlantirishicha, agar uyushma tuzilsa, u ma’muriy resurslar oladi va “klassik vazirlik”ka aylanadi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2000 kv. metrgacha bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulkini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri auksion savdolariga chiqarishni taklif etmoqda. Agentlik buyurtmani 3 ish kunida o‘rganib chiqadi, ma’qullangan taqdirda obyekt savdoga qo‘yiladi.
Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni Samarqand turizm markazini qurishni tezlashtirish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berdi. Loyihaga ko‘ra, ushbu majmuada kongress xoll, «Abadiy shahar» karvon saroyi, 8 ta mehmonxona qurish ko‘zda tutilgandi. Hozirgi kunga kelib, mehmonxonalar, qadimiy shaharchalar, yo‘l va ko‘priklarni qurish ishlari olib borilmoqda (foto).
Jizzax shahrida eski gaz quvurlari 1,5 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi yangi quvurlar bilan almashtirish rejalashtirilmoqda. Gaz taqsimlash stansiyalari soni ham qisqaradi. Mazkur loyiha Turkiyaning Aksa kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha choralarni amalga oshirish kutilmoqda. Xususan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish qat’iyan taqiqlangan mansabdor shaxslar va xodimlar ro‘yxatini belgilash, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi sababli shartnomalar haqiqiy emas deb topish, davlat organlariga ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish va boshqa choralar taklif etildi.
Qurilishining boshlanishida prezident ishtirok etgan Yangi Andijon shahrida kam qavatli binolar ustunlik qiladi, hovlilarida yashil maydonlar barpo etiladi. Bo‘lajak shaharning chizma va maketlari — «Gazeta.uz» fotoreportajida.
Qurilish vaziri Botir Zokirov Toshkentdagi «Moviy gumbazlar» xiyobonida barpo etiladigan «Istiqlol» konsepsiyasi loyiha yaqin kunlarda tasdiqlanishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident tanlov ishtirokchilarining loyihalari bilan tanishib, tanlov muddatini yana 10 kunga cho‘zish topshirig‘ini bergan.
Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi tashkil etilishi mumkin. Bu borada prezidentning qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Hujjat bilan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan va shunga moyilligi bor shaxslarga ko‘maklashish tizimini qayta tashkil etish maqsad qilingan.
Energetika vazirligi ishlab chiqqan ma’muriy reglament loyihasida quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni (maishiy iste’molchilardan tashqari) tarmoqqa ulash uchun 14,7 mln so‘mgacha miqdorda bir martalik to‘lov joriy etish taklif qilinmoqda.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda ishsizlikni qisqartirishga, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan loyiha uchun 93 mln dollar ajratadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting