Energetika vazirligi Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” koni hududida obyektni konservatsiyalash doirasida “gazni zararsizlantirish maqsadida xavfsiz yoqish” ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta olovli maydonlar aks etgan video paydo bo‘ldi.
Bosh vazir Abdulla Aripov Surxondaryoning Boysun tumaniga texnogen falokatdan so‘ng ikki marta bordi, deydi uning matbuot xizmati. Hukumat rahbari mahalliy aholi bilan evakuatsiya masalasini muhokama qilgan.
M-25 konidagi avariyadan ikki oy o‘tib ham aholi mavhumlik va mish-mishlar ichida yashashda davom etyapti. Kasalxonalarga hamon zaharlanish alomatlari bilan bemorlar olib kelinmoqda. Bu zaharlanishlarning uzoq istiqbolda organizmga qanday ta’siri qilishi noma’lum. “Gazeta.uz"ning Boysundan yangi reportaji.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Boysundagi kon avariyasining bugungi holati haqida gapirarkan, u yerda mutaxassislar ishlayotgani va holat hali bartaraf qilinmaganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, hozirgi ssenariy ish bermasa, yana boshqalariga o‘tiladi va bu 2−3 oy vaqt olishi mumkin.
Boysundagi M-25 gaz konida 17-sentabrda takroriy avariya oqibatlari 1-sentabrdagi birinchi falokatdan og‘irroq bo‘ldi — qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Omon qolgan aholiga ham oson bo‘lmayapti. “Gazeta.uz” vaziyat yuzasidan ishonchli axborot, yordam va kompensatsiya kutayotgan boysunliklar bilan suhbatlashdi.
Surxondaryoning Boysun tumanidagi M-25 konida vodorod sulfid yuqori bo‘lgan gaz chiqishi boshlangan edi. “Gazeta.uz” tahririyatiga bo‘lgan ko‘plab murojaatlardan so‘ng sayt jamoasi gaz sizib chiqqandan keyin haqiqiy holat qandayligini o‘rganish maqsadida Boysunda bo‘lib qaytdi. Videoreportaj.
Boysundagi “M-25” gaz konida sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida 4 kishi halok bo‘lishidan tashqari, yana 11 kishi jarohatlangan, deya Energovazirlik brifing ma’lumotlarini e’lon qildi. Vazir Jo‘rabek Mirzamahmudov holatga “konning geografik joylashuvi va o‘ziga xos xususiyatlari”ni sabab qilib ko‘rsatdi.
Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu ma’lumotni prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov “Gazeta.uz”ga tasdiqladi. Uning ma’lum qilishicha, prezident real vaqt rejimida vaziyat haqida ma’lumot olib turibdi.
Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konidan yana vodorod sulfid chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, 4 kishi halok bo‘lgan (rasmiy xabarga ko‘ra, 2 kishi) va jarohatlanganlar ham bor. Kechki payt Boysunda Favqulodda vaziyatlar va Energetika vazirliklari rahbarlari brifing o‘tkazishi kutilmoqda.
Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida vodorod sulfid sizib chiqqan quduqda so‘ndirish jarayoni yakunlandi. Jarayonga Rossiya va AQShdan mutaxassislar jalb qilindi. Eriell oqibatlarni bartaraf etish davomida jamoatchilikka hech qanday xavf bo‘lmaganini ta’kidladi.
FVV vakili Samandar Hikmatullayev Boysundagi vodorod sulfid chiqqan “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konini jilovlash ishlari yaqin kunlarda amalga oshirilishini bildirdi. U gazdan ommaviy zaharlanish holatlari yo‘qligi, ammo odamlar orasida yengil zaharlanish holatlari uchrayotganini tan oldi.
Surxondaryoning Boysunidagi gaz konida vodorod sulfid sizib chiqishda davom etmoqda. Aholining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, yaqin atrofdagi hududlar gaz hidi bilan qoplangan, shu bois ko‘pchilik vaqtincha boshqa shaharlarga ketgan, evakuatsiya qilingan aholi esa maktab va boshqa muassasalarda bo‘lib turibdi.
Prezident topshirig‘iga binoan Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” (M-25) koniga bosh vazir o‘rinbosari Achilboy Ramatov, energetika, favqulodda vaziyatlar vazirlari va boshqalar tashrif buyurdi. “Gazeta.uz” ikki xodim shifoxonaga yotqizilgani haqida ma’lumot oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting