Mahalliylashtirish import o‘rnini bosish emas, balki narx bo‘yicha ham, sifat bo‘yicha ham raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, eksportni ham ko‘paytirishdir, deya ta’kidlandi prezident bilan uchrashuvda. “O‘zavtosanoat” 2 mlrd dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Prezidentga taqdimotda aytilishicha, O‘zbekistonga so‘nggi yetti yilda jami 78 mlrd, jumladan, 2024-yil yanvar-sentabr oylarida 23,7 mlrd dollarlik xorij investitsiyasi kirib kelgan. Bu orqali 1800 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarila boshlagan, 120 ta yirik quvvat ishga tushgan.
Prezident ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish va O‘zbekistonda avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi, dedi “O‘zavtosanoat” rahbari Ulug‘bek Rozuqulov. Unga ko‘ra, “dilerlik tizimini takomillashtirish va aholi e’tirozlarining oldini olish” ham topshirilgan.
Prezident ishtirokidagi mahalliylashtirish bo‘yicha yig‘ilishda farmasevtika tarmog‘ida mavjud quvvatlarni to‘liq safarbar etish va import o‘rnini to‘ldirish masalasiga to‘xtalib o‘tildi. Davlat rahbari xomashyo olib kelib, bojxona hududida qayta ishlab, eksport qiladigan korxonalarga, apreldan boshlab, qator imtiyoz va yengilliklar berishni ham topshirdi.
Germaniyada bo‘lib o‘tgan anjumanda O‘zbekistonda mahalliylashtirish va o‘zbek konteyner kranlarining sifati masalasi ko‘tarildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev faqat ichki bozorga yo‘naltirilgan mahalliylashtirish haqida gapirishdan ma’no yo‘q ekanligini tan oldi. «Biz bunga o‘zimizning achchiq tajribamizdan ham, o‘sha paytda import o‘rnini bosish bilan shug‘ullangan boshqa Lotin Amerikasi davlatlarining tajribasidan ham amin bo‘ldik», — dedi u.
O‘zbekistonning 24 ta tumani qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ushbu sohada 5 mlrd dollarlik 1000 dan ziyod yangi loyihalar shakllantirildi. Yangi turdagi qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish uchun tadbirkorlarga 15 milliard so‘mgacha kafillik beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting