Ichki ishlar vazirligi xodimlari 1000 dollar olayotgan ikki shaxsni qo‘lga oldi. Ular mahkumni tanishi orqali Bo‘ka tumanidagi 43-sonli manzil koloniyadan Ohangaron yoki Olmaliqdagi koloniyaga ko‘chirishni va’da qilgan.
Ohangaron tumanidagi manzil koloniyasi mahkumi 28,5 ming dollar olayotganda qo‘lga olindi. Unga sheriklikda gumonlangan ikki shaxs avvalroq 29 ming dollar olayotganida ushlangan. Ular qurilish kompaniyasiga Xorazmda 72,5 mlrd so‘mlik suv tarmog‘i tortish loyihasini tendersiz olib berishini aytgan.
Odam o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyati uchun Navoiy shahridagi koloniyada saqlangan 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi. Ombudsman matbuot xizmati u ruhiyatida o‘zgarishi bor mahkumlar ro‘yxatida turgani, “noodatiy xatti-harakatlari” sababli o‘limidan bir kun avval alohida saqlana boshlaganini bildirdi.
O‘zbekistonda endi mahkumlarni manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalardan — turmaga o‘tkazish sud tomonidan hal etiladi.
Zafarobod tumanidagi 30-son jazoni ijro etish manzil-koloniyasidan qochgan ikki mahkum bir kundan keyin Andijon viloyatining chegara hududlaridan birida ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.
4 yanvar kuni Zafarobod tumanidagi 30-son manzil-koloniyasidan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan ikki nafar mahkum qochib ketdi. Hozirda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tomonidan ularni qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Qarshidagi manzil koloniyasidan mahkum ruxsatsiz chiqib ketdi. U 2015 yilda 14 yoshga kirmagan shaxsni zo‘rlagani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. 2020 yilda esa yopiq turdagi qamoqxonadan manzil koloniyasiga o‘tkazilgan. U qo‘lga olindi va hozirda yopiq turdagi koloniyaga qaytarish masalasi ko‘rilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 10-sonli koloniyada tibbiyot xodimlari yetishmaydi. U yerda har kuni 70−80 nafar mahkumga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ombudsman ofisi muassasadagi mahkumlarni saqlash va qarindoshlari bilan uchrashish uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
O‘zbekiston qamoqxonalardagi mahkumlarning umumiy soni bo‘yicha reytingda 62-o‘rinni egalladi, hozir muassasalarda 22 867 nafar shaxs jazo o‘tamoqda. Mamlakatda har 100 ming kishiga 68 nafar mahkum to‘g‘ri keladi va bu boradagi reytingda esa O‘zbekiston 179-o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting