Adliya vazirligi va O‘zbekistondagi yirik savdo tarmoqlari vakillari oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish masalasini muhokama qilmoqda. Shu maqsadda fudshering platformasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Statistikaga ko‘ra, Toshkentda har kuni 2 tonna non mahsulotlari, respublika bo‘ylab yiliga 3 million tonna oziq-ovqat mahsulotlari chiqindiga tashlanadi.
Makro Toshkent shahridagi Compass savdo-ko‘ngilochar markazida joylashgan do‘konini sotdi. Endi u yerda Carrefour brendi ostida gipermarket ochilishi kutilmoqda.
Carrefour brendi Samarqand Darvoza savdo markazidagi Makro o‘rnida o‘z supermarketining ochilishi haqida xabar bergan edi. Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Makro`ning mazkur masala bo‘yicha da’volarini qondirmadi.
Makro AC, CCS va CHAdeMO larning 30 ta quvvatlantirish bekatlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bekatlar nafaqat poytaxtda, balki boshqa shaharlardagi supermarketlar oldida ham o‘rnatiladi.
Makro supermarketlar tarmog‘i boshqaruvchisi Roman Sayfulin Fransiyaning Carrefour savdo tarmog‘i Compass va Samarqand Darvoza’dagi Makro supermarketlari o‘rnida ochilishi haqidagi bayonotni kutilmagan «sovg‘a» bo‘ldi deb atadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting