Jomboy tumanidagi 28-maktabning 7−11-sinflarida tahsil oluvchi ayrim o‘quvchilar o‘z sinfxonalarini ta’mirlash ishlariga jalb qilingani aytilmoqda.
YUNISEF va IIV YHXBB Yu-Report loyihasi doirasida maktablar yaqinidagi yo‘llar xavfsizligi bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi. Aksariyat respondentlarning (Toshkentda — 60 foiz) maktabga olib boruvchi yo‘llarni xavfsiz emas deb hisoblashi ma’lum bo‘ldi. O‘quvchilarning katta qismi maktabga piyoda boradi.
1,5 mln abituriyentning 23 foizini bu yilgi maktab bitiruvchilari tashkil etgan bo‘lsa, ular davlat granti kvotasining 50 foizini egallagan. «Abituriyentlarning natijasi maktab bitiruvchilarinikidan anchagina orqada», — dedi Sherzod Shermatov. Vazir, shuningdek, o‘z ishini eplay olmayotgan va «sohaga adashib kirib qolgan» pedagoglarga o‘ziga boshqa ish topishni tavsiya qildi.
Baxmal tumanida yupun kiyingan bolalar ishtirok etgan tadbir tashkilotchilariga tumani hokimligi tomonidan ogohlantirish berildi hamda qonuniy tartibda chora ko‘riladigan bo‘ldi. Tadbir 5−6 daqiqa davom etgan va bolalar uzoq vaqt tashqarida qolmagan, deya xabar berdi hokimlik.
Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi kutubxona ochilish marosimiga maktab o‘quvchilari yupun kiyimlarda olib chiqildi. O‘sha kuni havo harorati -2 darajadan -11 darajagacha sovuq bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting