«maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi» tegli maqolalar


“Erim va o‘g‘illarimni urush-janjaldan zo‘rg‘a ushlab turdim” — erkak hamkasbi tomonidan kaltaklangan o‘qituvchi ayol
19 aprel 2023, 19:24

“Erim va o‘g‘illarimni urush-janjaldan zo‘rg‘a ushlab turdim” — erkak hamkasbi tomonidan kaltaklangan o‘qituvchi ayol

Surxondaryodagi maktabda ayol hamkasblarini kaltaklagan erkak hodisadan keyin ham ozodlikda edi. Voqea videosi tarqalgach, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, erkak ushlangan, maktab direktori ishdan olingan, jabrlanuvchining holidan esa hokim xabar olgan. “Gazeta.uz” hodisa ishtirokchilari bilan suhbatlashdi (video).

O‘zbekiston xalqaro hamkorlardan ta’lim tizimi uchun $580 mln jalb qiladi. Bu nima beradi?
7 aprel 2023, 13:20

O‘zbekiston xalqaro hamkorlardan ta’lim tizimi uchun $580 mln jalb qiladi. Bu nima beradi?

2023−2026-yillarda O‘zbekiston ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Xalqaro tashkilotlar uch yillik islohotlar uchun 580 mln dollardan ko‘proq ajratishni rejalashtirgan. “Gazeta.uz” O‘zbekiston rasmiylari va xalqaro tashkilotlar vakillaridan bu qanchalik samara berishi haqida so‘radi.

Agrippina Shin maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
24 mart 2023, 09:38

Agrippina Shin maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Sobiq maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari — Maktabgacha ta’lim agentligi direktori etib tayinlandi.

«Direktor ishdan bo‘shashga majburladi». O‘quvchini kaltaklagan pedagog haqiqatlari
12 mart 2023, 17:07

«Direktor ishdan bo‘shashga majburladi». O‘quvchini kaltaklagan pedagog haqiqatlari

Toshkentdagi 152-maktab o‘qituvchisi o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video muhokamalarga sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» pedagog Gulchehra Mamajonovaga mikrofon tutdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, direktorning unga nisbatan shaxsiy adovati bo‘lgan va ishdan bo‘shatishga uringan. Direktor esa intervyu berishdan bosh tortdi.

Bog‘cha va maktablardagi muammolar haqida xabar berish uchun vazirga murojaat portali ish boshladi
4 mart 2023, 18:17

Bog‘cha va maktablardagi muammolar haqida xabar berish uchun vazirga murojaat portali ish boshladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘qituvchi va ota-onalar uchun muammo hamda takliflarni yo‘llashda platforma — vazirga murojaat portalini ishga tushirdi. «Mazkur taklif va tashabbuslarni shaxsan o‘zim nazorat qilaman», — deydi Hilola Umarova.

Maktab ta’limi vazirligi prezident farmoni loyihasiga e’tiroz bildirdi
15 fevral 2023, 10:38

Maktab ta’limi vazirligi prezident farmoni loyihasiga e’tiroz bildirdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi prezident farmoni loyihasida keltirilgan bandlar bo‘yicha e’tiroz bildirdi. Loyihada vazirlikning hududiy bo‘linmalari mahalliy hokimliklarga o‘tkazilishi qayd etilgandi. «Xavotirga o‘rin yo‘q, Adliya vazirligi bilan muzokaralar o‘tkazilgan», deyildi bayonotda.

O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari tayinlandi
31 yanvar 2023, 16:04

O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari tayinlandi

Usman Sharifxodjayev O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari, Temurjon Komilov, Dilshod Kenjayev va Uzokboy Begimkulov esa vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Alisher Ubbiyev Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga rahbar bo‘ldi.

Yangi o‘quv yilidan maktablarda 6 ta fan o‘tilmasligi haqidagi xabarlar yolg‘on — vazirlik
31 yanvar 2023, 12:52

Yangi o‘quv yilidan maktablarda 6 ta fan o‘tilmasligi haqidagi xabarlar yolg‘on — vazirlik

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi o‘quv yilidan maktablarda 6 ta fan o‘tilmasligi haqida xabar tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi buni rad etib, xabarlar 2020 yil karantin davrida chiqqan eski ma’lumotlar ekanini bildirdi.

O‘zbekistonda 700 dan ortiq maktabda III chorak onlayn boshlandi
23 yanvar 2023, 15:14

O‘zbekistonda 700 dan ortiq maktabda III chorak onlayn boshlandi

Respublika bo‘ylab sinf xonalarida havo haroratini me’yor darajasida saqlash imkoniyati bo‘lmagan 717 maktabda III chorak masofaviy shaklda boshlandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ularni bosqichma-bosqich an’anaviy shaklga o‘tkazish choralari ko‘rilishini ma’lum qildi.

Bog‘chalarning barcha xodimlari ta’til kunlari ham ishda bo‘lishi kerak — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
11 yanvar 2023, 14:02

Bog‘chalarning barcha xodimlari ta’til kunlari ham ishda bo‘lishi kerak — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ta’til kunlarida ham bolalar bog‘chalarining barcha xodimlari (oshpazlar bundan mustasno) ish joylarida bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi. «Qo‘shimcha ta’til kunlari faqat tarbiyalanuvchilar uchun», — deyiladi xabarda.

O‘zbekistondagi bolalar bog‘chalarida 10−18 yanvar kunlari ta’til deb e’lon qilindi
5 yanvar 2023, 21:47

O‘zbekistondagi bolalar bog‘chalarida 10−18 yanvar kunlari ta’til deb e’lon qilindi

Sovuq tushishi kutilayotgani munosabati bilan O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 10−18 yanvar kunlari ta’til deb e’lon qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting