Raqobat qo‘mitasi Andijon viloyatidagi 3 ta don korxonasiga manipulyatsiya harakatlari uchun moliyaviy jarima qo‘lladi. Ularga qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Sirdaryoda White Gold Klaster korxonasi 90 mlrd so‘mlik paxta, 3 mlrd so‘mlik texnik chigitni birja savdolariga qo‘ymay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgani ma’lum bo‘ldi. Bu Vazirlar Mahkamasi nizomiga zid. Klaster korxonaga chora ko‘rildi.
Raqobat qo‘mitasi Shaffof sement sanoat’ga nisbatan chora ko‘rilganini ma’lum qildi. Korxona 20 ming tonnadan ortiq sementni birjaga qo‘ymasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgan, bu harakat esa manipulyatsiya deb baholanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting